Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiyada kun sayin ko'payib borayotgan parranda grippi epidemiyasi tufayli...
Evropa Ittifoqi Komissiyasi korona pandemiyasidan eng ko'p zarar ko'rgan Evropa...
Olimlarning ta'kidlashicha, yangi koronavirus shakli halokatliroq ekanligi...
Bosh vazir Löfven Shvetsiyaning epidemiyaga qarshi kurashish bo'yicha bahsli...
Ma'lum bo'lishicha, Shvetsiyaning beshta mintaqasiga yetkazib berilgan...
Botkyrkadagi Kaggamra chiqindi poligoni noyabr oyining oxiridan beri yonmoqda....
Tadqiqotchilar Uppsala shahridagi Universitet kasalxonasida davolanayotgan,...
Seysmolog Björn Lundning so'zlariga ko'ra zilzila 2,7 balni tashkil etdi....
Shvetsiyadagi ba'zi yirik oziq-ovqat tarmoqlarida mol go'shti etishmasligi...
Garchi Kovid-19 masalasida Shvetsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa-da,...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tig
the best online cialis canada which is cheaper cialis or cialis ber hausarzt acquisto pharnacy di cialis ...
Сегодня, 06:45
Nusratillo
Tig
potenzmittel cialis generika cialis online cialis generic cialis dose for 80 year old tadalafil cialis...
Вчера, 07:17
Tig
cialis substitutes cialis quando assumerlo cialis generic cialis walgreens discount 5 mg cialis tablets ...
26 января 2021 23:33
Популярные новости

Shavkat Mirziyoyev xotin ustiga xotin olish holatlarini tanqid qildi

15 июн 2017, 22:02, Admin
0 комментариев    298 просмотров
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida qo‘shxotinlik bilan bog‘liq holatlarni tanqid ostiga oldi.

“Shu o‘rinda yana bir nozik masala bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Ba’zan hayotda ZAGS, ya’ni Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan o‘tmasdan turib, pul evaziga yashirincha shar’iy nikoh o‘qitish, xotin ustiga xotin olish holatlari ham, ming afsuski, uchrab turibdi”, — dedi davlat rahbari.

“Bir paytlar hayotning o‘zi rad etgan kundoshlik, qo‘shxotinlik balosi qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi barchamizni tashvishga solishi kerak. Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriy ‘O‘tkan kunlar’ romanida kundoshlik tufayli butun bir oila boshiga tushgan fojialarni juda ta’sirchan tasvirlab bergani nahotki saboq bo‘lmagan bo‘lsa? Axir, tegishli davlat idorasida qonuniy qayd etilmagan nikohdan tug‘ilgan farzandlarning taqdiri, kelajagi ertaga nima bo‘ladi? Tabiiyki, davlat qonunlari bo‘yicha ular ko‘pgina huquqlardan mahrum bo‘lib qoladi. Xususan, otalikni belgilash, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma olish, meros huquqi, o‘sib-ulg‘ayganidan keyin bog‘chaga, ta’lim muassasalariga qabul qilish masalalarida qanchadan-qancha muammolar paydo bo‘ladi. Eng yomoni, bunday bolalar ruhan majruh bo‘lib, turli ma’naviy nuqsonlar bilan voyaga yetadi. Ular o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi deb his etolmaydi”, — qo‘shimcha qildi Prezident.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi kunda ana shunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

“Hurmatli imom-xatiblar, sizlar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan berilgan hujjatni ko‘rmasdan turib, turli boyvachchalarga shar’iy nikoh o‘qib berayotganingizda mana shunday ishingiz oilalarga qanday baxtsizlik, jamiyatga qanday katta muammo olib kelayotganini loaqal tasavvur qilasizlarmi o‘zi?!”, — xitob qildi Shavkat Mirziyoyev.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив