Foto: EPA
Rejissor Putin “dunyodagi eng badavlat odam” ekanligi haqidagi mish-mishlarga e’tibor qaratdi.
“Menda gapirayotganlari kabi boylik yo‘q”, — deb javob qildi prezident.
“Boylik — katta baxt deb o‘ylamayman. Hozirgi inqiroz sharoitida bu aktivlarni nima qilish, ularni qanday jamg‘arish, qayerga joylashtirish haqida tashvishlanayotgan bo‘lardingiz, bu faqat bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi, xolos. Siz hisobida katta pul bo‘lgan odamlardan ko‘ra ancha boyroq kishisiz. Sizning o‘z fikringiz bor, iste’dodingiz bor, sizda uni namoyon qilish imkoniyati bor, o‘zingizdan keyin sezilarli natija qoldirish imkoniyatingiz bor. Pul sizga bunday baxtni bermaydi”, — dedi davlat rahbari.
Putin “tobutda hamyon yo‘qligi, pulni odam o‘zi bilan olib keta olmasligi”ni qo‘shib qo‘ydi.