Foto: O‘zA
Hujjatga ko‘ra, fond mablag‘lari ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, hakamlar, veterinarlar va taqachilarni qayta tayyorlash, sportchilar, murabbiylar, zootexniklar va yilqichilarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tajriba almashish, malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.
Qaror doirasida 2017—2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi qabul qilinadi.
Hujjatda qorabayir va axaltekin zotli, toza naslli sport otlarini yetishtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Buning uchun zamonaviy komplekslar qurilishi, “Markaziy ippodrom” Ot sporti xalqaro federatsiyasi talablaridan kelib chiqib ta’mirlanishi va jihozlanishi ko‘zda tutilgan.