19 июн 2017, 14:23,
Admin
0 комментариев 336 просмотров
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida kam ta’minlangan, nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida barcha hududlarda aholining mazkur qatlamiga beg‘araz asosda tikuv mashinalari va matolar topshirilmoqda. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi sahifasida
ma’lum qilindi.
Foto: Facebook/ “Xalq bilan muloqot”
Jumladan, Toshkent viloyatida aholisining kam ta’minlangan hamda mehnat layoqati chegaralangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 150 ga yaqin kishiga tikuv mashinalari, nogironlar aravachalari, eshitish apparatlari, hassalar topshirildi.
Foto: Facebook/ “Xalq bilan muloqot”
Shuningdek, davolanish uchun bepul yo‘llanmalar hamda 150 million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.