Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Ma'lum bo'lishicha, olimlar koronavirus (Kovid-19) keltirib chiqaradigan...
Ellevio provayder-elektr uzatib beruvchu shirkati Stokgolmning Bromma, Hässelby...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Гость WillieCoilt
шары с гелием цены ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Нажмите на...
30 июля 2020 01:27
Популярные новости

Jizzaxda sud ijrochisi jurnalistga mazasini qochirish bilan tahdid qildi

21 июн 2017, 12:10, Admin
0 комментариев    225 просмотров
“Jizzax haqiqati” gazetasining maxsus muxbiri Alijon Abdusattorov to‘lovni oshig‘i bilan to‘lab qo‘yganiga qaramay, gazdan qarzi bor deya sudga chaqirilgani va unga nohaq munosabatda bo‘lishganida haqida maqola tayyorladi.

Foto: Shutterstock

“Kutilmaganda suddan chaqiruv qog‘ozi oldim. Ammo nima uchundir chaqiruv qog‘ozida sud nomi va menga qancha jarima belgilanganligi hamda sana ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan joy ochiq qoldirilgan edi… Chaqiruv qog‘ozidagi o‘z ixtiyorim bilan sud ijrochilarining Jizzax shahar bo‘limiga bormasam, bu ishga militsiya kirishishi va mendan 1 million 497 ming 750 so‘m undirilishi to‘g‘risidagi jumlalar qog‘oz quyisida keltirilgan B.T.Cho‘liboyevning telefon raqamiga sim qoqishga undadi… Sud ijrochisi Bobur Cho‘liboyevdan vaziyatning yechimi xatlov, sud va ijro xarajatlarini to‘lash ekanligini bilib oldim… Qisqasi, “Jizzaxshahargaz” 890 ming 550 so‘m qarzi bor, deya meni sudga beribdi”, — deb yozadi muxbir.

U qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olib, sud ijrochilarining Jizzax shahar bo‘limiga borgani, Bobur Cho‘liboyev yo‘qligi sababli, uning hamxonasi Jahongir Ramizovga uchrashganini qayd etgan.

“Jahongir Ramizov ijro yig‘imi va sud uchun davlat bojini to‘lashim shartligini aytdi, men esa qarzim bo‘lmasa nima uchun to‘lov qilishim kerakligini bildirdim. U qo‘pollik bilan to‘lov qilmasam, jarimaga tortishini aytib, hujjatlarim ustiga “To‘lovdan bosh tortdi” deb yozib qo‘ydi. Uning muomalasi ustidan shikoyat qilmoqchiligimni bayon qildim va “Shikoyat qilavering, men bu yerda jamoatchilik asosida ishlayman, biroq shunday bo‘lsa-da, mazangizni qochirib qo‘yish qo‘limdan keladi” degan javobni eshitdim”, — deb yozadi jurnalist.

Sud ijrochilarining Jizzax shahar bo‘limi boshlig‘i Olimjon Qilichbekov vaziyatga shunday izoh berdi: “Sud orqali mablag‘ undirishga doir ishlarning 60—70 foizi “Jizzaxshahargaz” hissasiga to‘g‘ri kelayapti. Yana ham qizig‘i, ular tomonidan sudga berilganlarning 50 foizi aslida qarzdor bo‘lib chiqmayapti. Jamoamizda 12 xodim ishlaydi, “Jizzaxshahargaz” tomonidan ishning sun’iy tarzda ko‘paytirilayotganligi bizni ham qiynab yuborayapti. Tashkilotning odamlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazayotgani ham bor gap. Ammo sud buyruq chiqargach, bajarishga majburmiz.  Elektr ta’minoti korxonasida bu borada ish tartibga tushib qolgan, ammo gaz idorasida hisob-kitob yo‘q. Xodimimiz Jahongirga keladigan bo‘lsak, uning uchun uzr so‘rayman, yosh-da…”

“Mening sudga berilishim sababchisi — o‘sha vaqtda nazoratchi bo‘lib ishlagan, hozirda uchastka rahbari Normat Davronovdan sudga berilganligim boisini so‘radim. U “uyda bo‘lmagan bo‘lsangiz kerak, o‘sha vaqti o‘sha ko‘chani podryad sudga berib yuborganmiz” dedi”, — deyiladi maqolada.

Jurnalist “Jizzaxshahargaz” boshlig‘ining o‘gitiga amal qilib, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi viloyat gaz ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Mamarajab Akbutayevga sim qoqqan, u kishi o‘sha kuni vaqti yo‘qligini aytgan. Unga kutishini bildirgan. Keyingi kuni intervyu olishi sababini so‘ragan. Shundan keyin Mamarajab Akbutayev telefonni ko‘tarmay qo‘ygan.

“Shunday qilib qo‘l siltashimga to‘g‘ri keldi. Iltimos, irodasizlikda ayblamang. Men bu maqolani qisqa yozishga harakat qilganman. Qaysi idoraga necha marta borganimni, kimlarning eshigi tagida sarg‘ayganimni, bu jarayonda kimlarningdir ijirg‘anishi, po‘pisasi va hasratini yuragimdan o‘tkazishga majbur bo‘lganimni yozmadim, yozganimda meni tushungan bo‘lardingiz.

Yana shuni bildimki, qaysi idorada bo‘lmayin hech kim qarzim bo‘lmasada nohaqdan sudga tortilganimni eshitib, ajablanmadi. Bu mazkur vaziyatga hamma ko‘nikib qolganidan bo‘lsa kerak.  Men ommaviy axborot vositasi xodimi sifatida shuncha tashvishlarni boshdan o‘tkazdim, oddiy odamlar nima qilishayapti ekan?”, — deya yakunlaydi o‘z maqolasini jurnalist.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив