Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Ijtimoiy ishlar vaziri Lena Hallengren bayonot berib, "Shvetsiyada kovid-19ga...
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti mutatsiyaga uchragan koronavirus 50...
Dunyo bo'ylab pandemiya cheklovlari oiladagi zo'ravonlik va ajralish...
Shvetsiyada bugungi kundan boshlab jamoat transportida avj soatlarida niqob...
Olmon (nemis) va shved olimlari qonda haddan tashqari xolesterin kasalligi...
Shvetsiyadagi Turli xil ranglar partiyasining raisi Mikail Yüksel irqchilarning...
2020 yilda Shvetsiyada 88814 kishi yashash va ishlash uchun ruxsat oldi....
Shvetsiya eski sarmoyalarni himoya qilish to'g'risidagi shartnomani buzgan deb...
Shved valyutasining dunyodagi dollarga nisbatan eng kuchli valyuta ekanligi...
Evropa Statistika idorasi (Eurostat) Evropa Ittifoqidagi ( EI ) shovqindan...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tig
cialis viagra und much viagra cost prescription viagra cheap only best offers order viagra order viagra...
Сегодня, 15:38
Tig
safe pace to buy viagra viagra online kaufen nachnahme buy viagra online only now viagra testimonial ...
Вчера, 22:31
buy cialis generic
hello guos 9128738513...
4 января 2021 21:52
Популярные новости

DSQ nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanmaslik bo‘yicha 857 ta qoidabuzarlik holatini aniqladi

21 июн 2017, 14:38, Admin
0 комментариев    293 просмотра
Davlat soliq organlari tomonidan o‘tgan hafta davomida joylarda nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanmaslik hamda tushumlarni bank kassalariga to‘liq topshirmaslik holatlari bo‘yicha 857 ta tekshirish o‘tkazilib, ularning barchasida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Jumladan, fuqarolar murojaati asosida Andijon viloyati, Baliqchi tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda yakka tartibdagi tadbirkor A.K.ga qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan nazorat tadbirida kassa xodimi kunlik savdodan tushgan 85 ming 500 so‘m naqd savdo pulini nazorat-kassa mashinasi (NKM) xotirasiga kirim qilmaganligi hamda 258 ming so‘mni NKMga kirim qilmay bankka topshirib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Izboskan tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor M.A. ham savdo qoidalarini unutgan chog‘i, faoliyati davomida jami 5 million 682 ming 812 so‘m savdo tushumini NKMga kirim qilmagan ekan.

Buxoro viloyatining Kogon tumani Buxoro shox ko‘chasida joylashgan “Petromaruzgaz” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonaga tegishli avtomobillarga suyultirilgan gaz qo‘yish shoxobchasida o‘tkazilgan tekshirishda shoxobcha sotuvchisi xaridorga 12 ming so‘mga xarid cheki bermaganligi, shoxobcha kassasida NKM xotirasiga kirim qilinmagan 1 million 425 ming so‘m naqd pul borligi ma’lum bo‘ldi.

Ana shunday huquqbuzarlik Kogon tumani “Tutkunda” qishlog‘ida joylashgan “Diskont” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli avtomobillarga suyultirilgan gaz qo‘yish shoxobchasida ham kuzatildi. Bu yerda o‘tkazilgan tekshirishda shoxobcha sotuvchisi tomonidan xaridorga 10 ming so‘mga xarid cheki berilmaganligi hamda shoxobcha kassasida NKM xotirasiga kirim qilinmagan 1 million 703 ming 300 so‘m naqd pul borligi aniqlandi.

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Abdullayeva Gavhar” xususiy korxonasiga qarashli paynet shoxobchasida operator tomonidan xaridorga 2 ming so‘mga NKM cheki berilmaganligi va NKM xotirasiga kirim qilinmagan 22,5 ming so‘m naqd pulning borligi ma’lum bo‘ldi.

Ana shunday huquqbuzarlik Zarbdor tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor T.Sh.ga qarashli savdo shoxobchasida ham kuzatildi. O‘tkazilgan nazorat tadbirida xaridorga 14 ming so‘mga xarid cheki bermaslik va savdodan tushgan 45 ming so‘m naqd pul NKMga kirim qilmaslik holati aniqlandi.

Zafarobod tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor A.B.ga qarashli shoxobchada esa xaridorga xaridi uchun 9,5 ming so‘mga xarid cheki bermaganlik holati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishda tadbirkor savdo do‘koniga nazorat-kassa mashinasi o‘rnatmasdan savdo faoliyatini amalga oshirayotganligi aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Nukus shahar Savdo kompleksi, 10-blok, 206-do‘konda o‘tkazilgan nazorat tadbirida xaridorlar uchun to‘lov terminali o‘rnatilmaganligi, do‘kon sotuvchisi tomonidan xaridorga mahsulotni plastik kartaga boshqa do‘kondan ustama narx evaziga olib berish holati aniqlandi.

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor X.Sh.ga qarashli shoxobchada tadbirkor tomonidan xaridorga 5 ming so‘mga NKM cheki bermaganligi va NKM xotirasiga kirim qilinmagan 150 ming so‘m naqd pul borligi ma’lum bo‘ldi.

Mirishkor tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor S.A.ga qarashli savdo do‘konida tadbirkor tomonidan xaridorga 4 ming 500 so‘mga NKM cheki bermaganligi aniqlandi. Shuningdek, shoxobcha g‘aznasida NKM xotirasiga kirim qilinmagan 1 million 200 ming so‘m naqd pul borligi ma’lum bo‘ldi.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor A.S.ga qarashli shoxobchada o‘tkazilgan nazorat tadbirida tadbirkor tomonidan xaridorga 32 ming so‘mga NKM cheki berilmaganligi va NKM xotirasiga kirim qilinmagan 3 million 739 ming 500 so‘m naqd pulning borligi aniqlandi.

Ana shunday huquqbuzarlik Guliston shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Humo” mas’uliyati cheklangan jamiyatb shoxobchasida ham kuzatildi. O‘tkazilgan nazorat tadbirida shoxobchada savdodan tushgan 104 ming so‘m naqd pul borligi aniqlangan.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Uzun tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “K.J.S” xususiy firmasiga qarashli shoxobchada o‘tkazilgan nazorat tadbirida shoxobcha sotuvchisi xaridorga 5 ming so‘mga NKM chekini bermaganligi, g‘aznada NKM xotirasidan o‘tkazilmagan 1 million 265 ming so‘m naqd savdo puli borligi aniqlandi.

Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “A.S.S” xususiy korxonasiga qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan nazorat tadbirida ham savdo qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, savdodan tushgan 5 million 173 ming so‘m naqd pul NKM xotirasidan o‘tkazilmaganligi oshkor bo‘ldi.

Xorazm viloyati Urganch shahar, Jizzax ko‘chasidagi 5-blok savdo majmuasida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor A.U.U. faoliyatida o‘tkazilgan tekshirishda shoxobcha NKM va to‘lov terminali bilan jihozlanmaganligi, 12 ming so‘mga NKM cheki berilmaganligi hamda kassada NKMga kirim qilinmagan 269 ming so‘m naqd pul borligi aniqlandi.

Namangan viloyati Namangan shahar hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor A.D.ga qarashli shoxobchada o‘tkazilgan soliq tekshiruvi davomida tadbirkor tomonidan NKM va bank to‘lov terminali o‘rnatmasdan faoliyat yuritilayotganligi aniqlandi.

Ana shunday huquqbuzarlik Namangan shahar hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor O.Aga qarashli savdo shoxobchasida tadbirkor tomonidan xaridorga xaridi uchun hamda kunlik savdodan tushgan 140 ming so‘mga NKM cheki berilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, Uchqo‘rg‘on tumani hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “O. H. J” xususiy korxonasiga qarashli savdo shoxobchasida tadbirkor xaridor xaridi uchun kunlik savdodan tushgan 183 ming so‘mga NKM cheki berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda aniqlangan ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив