Foto: “RIA Novosti”
Hujjat bilan Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dastur realizatsiyasi bilan maxsus tuzilgan tashkiliy qo‘mita shug‘ullanadi.
Tashkiliy qo‘mitaning vazifalari sirasida Konstitutsiya me’yor va prinsiplarini, asosiy qonunning keng miqyosli demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning huquqiy bazasini yaratishdagi o‘rnini ochish berish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, olib borilayotgan ishlarni OAV orqali yoritib borish kiradi.
Dasturni amalga oshirishga barcha davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, jamoatchilik jalb qilinadi.