Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Ma'lum bo'lishicha, olimlar koronavirus (Kovid-19) keltirib chiqaradigan...
Ellevio provayder-elektr uzatib beruvchu shirkati Stokgolmning Bromma, Hässelby...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Гость WillieCoilt
шары с гелием цены ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Нажмите на...
30 июля 2020 01:27
Популярные новости

Kim rozi-yu, kim qarshi? Fuqarolar 11 yillik ta’lim bo‘yicha o‘z munosabatini bildirmoqda

22 июн 2017, 14:33, Admin
0 комментариев    293 просмотра
Shavkat Mirziyoyev 16-iyunda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 78-umumta’lim maktabini borib ko‘rish jarayonida maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta’kidlagan edi.

18-iyunda Toshkentdagi o‘rta umumta’lim maktablarida 2017-yilda 9-sinfni bitirgan o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida so‘rov tashkil qilindi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keng jamoatchilikning 9-sinfdan keyingi ta’lim borasida fikrini o‘rganish maqsadida 20-iyunda O‘zbekiston bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida so‘rov o‘tkazilishi haqida xabar berildi.

Fuqarolar esa bu masalada o‘z fikrlarini bildirmoqda.

Xurshid Hoshimov

Agar bu besh yil avval bo‘lganida edi, to‘liq qo‘shilgan bo‘lardim. Biroq, hozir ko‘plab o‘qituvchilar kollejlarga o‘tib ketdi, shuning uchun ta’lim sifatida katta farq bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Lekin tarbiya jihatidan bu foydaga xizmat qilishi aniq.

 

Ulug‘bek Haydarov

Kollejda o‘qiyotgan qizlarni turmushga berish holatlari juda ko‘p bo‘ldi. Shuning uchun o‘rta ta’limni 11 yillik qilish haqidagi qaror bu jarayonni o‘z-o‘zidan to‘xtatadi. Avval maktabda o‘qiydigan qizlar turmushga berilmagan.

 

Muzaffar Rustamov

Biror bir qonunning qabul qilinishi xalqning fikri olinganidan so‘ng amalga oshirilishi tarafdoriman. 11 yillik ta’lim “ha” va “yo‘q”larsiz, asoslanmasdan bekor qilingan, bu hali sevimli mamlakatimiz rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ertaga biz maktabga so‘rovga boramiz. Biroq bu jarayon kollej va litseylarni aniqlash va hujjat topshirish vaqtida shoshilinch tarzda amalga oshirilayotgani yaxshi bo‘lmayapti.

 

Bahodir Abdullayev

O‘rta-maxsus ta’limga nima bo‘ladi? O‘rta-maxsus ta’lim olgan mutaxassislar ham kerak-ku. Mehnat qonunchiligiga o‘zgartirish kiritib, bunday mutaxassislarni tayyorlaydigan muassasalar tomonidan beriladigan hujjatlarni belgilash kerak. Shunda bu muassasalarning nufuzi oshgan bo‘lardi.

 

Rustam Nosirov

Juda to‘g‘ri qaror, amaliyot kollej bitiruvchilari umuman hech narsaga yaramasligini ko‘rsatdi. Taxminan bitiruvchilarning 80 foizi ishsiz yuribdi va mehnat bozorida ularga talab ham yo‘q.

 

To‘lqin Umarov

O‘ylashimcha, 11 yillik ta’limni hamma uchun birdaniga joriy qilish noto‘g‘ri. Oliy ta’lim muassaslarida o‘qishni xohlovchilar uchun bu yaxshi, biroq boshqalar uchun yo‘q. Bu qism esa maktab o‘quvchilarning ko‘pchiligini tashkil qiladi. To‘qqiz sinf yetarlicha, keyin esa tanlangan mutaxassislik bo‘yicha kollej. Bunday tizim dunyoda ham qabul qilingan.

 

Nina Timonina

Nima uchundir mamlakatda muhim qarorlar tez qabul qilinadigan bo‘lib qoldi. Litsey va kollejlarga qancha pul sarflandi. Albatta, ota-onlarga yaxshi: bolalar sinf rahbarining nazorati ostida bo‘ladi. Bolalar esa o‘qishni xohlamaydi. Ularga maktabda ko‘rishish, gaplashish yoqadi. Kitob o‘qishni xohlamaydi. Keyin esa dars qoldirish boshlanadi, sinf rahbari uchun yana bosh og‘rig‘i. Litsey va kollejda esa bolalar tez ulg‘ayadi.

 

Aleksandr Kim

11 yillik ta’lim — bu yaxshi. Avvalgi va hozirgi ta’lim darajasiga e’tibor bering. Albatta, o‘qituvchilar yetishmasligi, maktab dasturlarini yaratish va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha muammolar bo‘ladi, biroq buning hammasi o‘z vaqti bilan izga tushadi. Qat’iy qaror qilganlar uchun ixtisoslashtirilgan kollej va litseylarni OTMlar huzurida qoldirish mumkin. Bundan tashqari, kollej va litseylarga kirishdagi korrupsion ishlar, bitiruvchi o‘qishni tugatgach ishga qabul qilinishi haqida beriladigan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma bo‘lmasa, kollej rahbariyati diplom bermasligi haqidagi mavhum talablar yo‘qoladi. Shuning uchun men Prezidentimiz tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

 

Jannat Habibullina

Bu masala bo‘yicha fikrlar allaqachon muhokama qilingan, odamlarning asosiy qismi bunga rozi. Balki tajribaning ham keragi yo‘qdir. Asosiysi — maktablarni kerakli pedagoglar bilan to‘ldirish.

 

Olga Golovchenko

Bolalar va ota-onalarda tanlov bo‘lishi kerak: 11 yil maktabda o‘qish yoki 9-sinfdan keyin kasb tanlash. Hozirgi paytda litsey va kollejlarda yaxshi tizim va moddiy baza bor. Ko‘plab maktablarda esa turli fanlar bo‘yicha vakant o‘rinlar bor.

 

Mi-Lena MilaStudy

O‘ylashimcha, kollejlarni saqlab qolish kerak. Har yili oliy ta’limga o‘qishga kiruvchilar soni qat’iy belgilanadi. Bolangiz 11-sinfni tugatdi va institutga kira olmadi, keyinchi? U kamida bir yilni yo‘qotadi. U mutaxassisliksiz o‘ziga ma’qul ishni topa olmaydi. Shuning uchun kollejlardagi ta’lim tuzilmasini o‘zgartirish yaxshiroq bo‘lardi, deb o‘ylayman.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив