Foto: AP
“Ijro hokimiyati maqsadga samarali erishish uchun sanksiyalar qo‘llash borasida vakolatlar va moslashuvchanlikni saqlab qolishi zarur. Bizni Kongress ularni qanday rasmiylashtirayotgani va bu ijro hokimiyati vakolatlariga putur yetishiga olib kelishi mumkinligi tashvishga solmoqda”, — dedi Spayser.
AQSh Kongressi Senati o‘tgan haftada ko‘pchilik ovoz bilan Eronga qarshi sanksiyalar haqidagi qonun loyihasini qabul qildi. Unga Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni mustahkamlash va kuchaytirishga qaratilgan choralar ham alohida paket tariqasida kiritildi.
Endi Vakillar palatasi ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashi yoki o‘z variantini taklif etishi zarur. O‘zaro kelishuvdan so‘ng yakuniy matn imzolash uchun AQSh prezidentiga yuboriladi.