Foto: “Vc.ru”
Baffetning so‘zlariga ko‘ra, agarda uning yillik daromadi bir necha o‘n milliardni emas, atiga 100 ming dollarni tashkil etgandida bu o‘zini ajoyib his etishi uchun yetgan bo‘lardi.
Shuningdek, Uorrenning qo‘shimcha qilishicha, u dunyodagi istalgan narsani sotib olishi mumkin, biroq unga buning keragi yo‘q. Misol sifatida 1958-yildan beri yashab kelayotgan uyini ko‘rsatdi: agar xohlaganida allaqachon 100 million dollarlik qasrni sotib olgan bo‘lardi, biroq eski bino unga bog‘liq xotiralari uchun ham qimmatlidir.
10-iyun kuni milliarder bilan tushlik qilish imkoniyati 2,6 million dollarga sotilgandi. Baffet kimoshdidan tushgan pullarni San-Fransiskodagi boshpanasizlarga yordam ko‘rsatuvchi Glide Foundation fondiga topshiradi.