Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiya jamoat salomatligi agentligi koronavirus epidemiyasi haqidagi dolzarb...
Braziliyada o'tkazilgan bir tadqiqotda mamlakatda birinchi bo'lib aniqlangan...
Ma'lum qilinishicha, politsiya bog'dagi bir hududni o'rab olgan va texnik...
Sigtunaskolan gumanitar maktabi qariyb bir asr oldin Qirol XVI tashkil etgan....
Matbuot anjumanida hukumat tomonidan qabul qilingan yangi qarorlar haqida...
Shvetsiyada eng ko'p ishlatiladigan va "snus" deb nomlanadigan tutunsiz tamaki...
Stokgolm tumani ma'muriyati bir qator mahalliy cheklovlarni joriy etishga qaror...
Koronavirusning ingliz mutatsiya shakli Gävleborg mintaqasida keng tarqalmoqda....
Otaturk universiteti tibbiyot fakulteti tadqiqot kasalxonasi, ko'z kasalliklari...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
love38
sosamba-138.ru индивидуалки эскорт в иркутске эскорт в иркутске проститутки Иркутск знакомства для серьезных...
Вчера, 12:54
irongamers
Страничка самых новых плюс мировых модефикаций, которая несет право купить геймеру доступ к тому же страничку...
23 февраля 2021 16:48
JeffreyBix
Блестящая идея ---- https://avenue17.ru/ https://avenue17.ru/ Прошу прощения, что вмешался... У меня похожая...
22 февраля 2021 14:44
Florene
You Won't Want To Miss This! 50 pcs medical surgical masks only $1.99 and N95 Mask $1.79 each. Only 10 orders left!...
19 февраля 2021 06:58
Популярные новости

Bitta Lacettini “ekib”, oltitasiga ega bo‘lgan tadbirkor hikoyasi

30 июн 2017, 08:37, Admin
0 комментариев    278 просмотров
“Kommersant.uz” nashri mashinasini sotib, tadbirkorlikda muvafaqqiyatga erishgan inson bilan bog‘liq suhbatni e’lon qildi.

Foto: “Kommersant.uz”

Yurgan daryo… deyishgan donolarimiz. Shu sababli bo‘lsa kerak, dam olish yoki bayram kunlari Samarqandga borib, ota-onamni ko‘rib, ularning duolarini olishni afzal ko‘raman. Jannatmonand yurtimizning poytaxti azim Toshkentdan ko‘hna Samarqandgacha bo‘lgan keng va ravon yo‘lda qayergadir otlangan insonlar bilan gurunglashib ketsangiz, yo‘lning uzoqligini his qilmaysiz.

Havaskor fermer

Bir safar Toshkentga kelayotganimda, uch nafar yosh yigit qo‘l ko‘tardi. Avtomobilni yo‘l chetida to‘xtatdim. Ulardan biri kelib: “Aka, Toshkentdan kelgan mehmonimiz bor edi. Poytaxtga ketayotgan bo‘lsangiz siz bilan uyiga yetib olsa, deb to‘xtatgan edik”,– dedi. Men rozi bo‘ldim. Mehmon yigit o‘rtoqlari bilan xayrlashib avtomobilga o‘tirdi. Avtomobil ohista joyidan qo‘zg‘aldi. Bir maromda oqayotgan Sirdaryodan o‘tdik hamki, ko‘rinishidan oliy ma’lumotli, shaharliklarga xos kiyingan yigit jim ketmoqda edi. Oxiri uni suhbatga tortdim.

– Sirdaryoga kursdoshlarnikiga kelganmidingiz?

– Yo‘q, shu yerda bir ish boshlagandik. Shu ish bahona ular bilan yaqindan tanishib qoldik.

– Iye, odatda ish boshlayman deb odamlar poytaxtga borishadi, siz esa shunday imkoniyatlar shahri Toshkentdan kelib, Sirdaryoda ish ochdingizmi?!

Bu gapimga hamrohim kulib qo‘ydi-da, boshlagan ishi, bu ish uchun aynan nima uchun Sirdaryoni tanlaganini hikoya qilishga tushdi.

– Oldin Toshkentda kattagina issiqxonamiz bor edi. Yaqin yillardan boshlab issiqxonalarni isitish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgandan keyin bu ishni yig‘ishtirib qo‘ygandik.

Bilasiz, bekor o‘tirgandan ko‘ra, bekor ishlagan yaxshi. Hali uylanishim, alohida uy-joy qilishim kerak. Poytaxtda esa nikoh to‘yini o‘tkazish, yangi uy sotib olish oson emasligini bilsangiz kerak. Bular uchun mablag‘ni qanday topsam ekan deb ko‘p o‘yladim. Yirikroq biznes boshlay desam, qo‘limda yetarli dastmoya ham yo‘q edi. Shunda uzoq o‘ylab o‘tirmay, o‘zim minib yurgan Lacetti avtomobilini bozorga olib chiqdim.

Qo‘limga, taxminan, 60 million so‘m pul tushdi. Dastmoya bor, endi bu pulni qanday biznesga tikish haqida bosh qotirish kerak edi. Xizmat ko‘rsatish sohasida biror ish qilish uchun oldindan kattagina mablag‘ingiz va ishonchli xodimlaringiz bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish sohasidagi raqobatni yengib o‘tish uchun esa zamonaviy texnologiyalar kerak. Mendagi pulga bunday ishlarni boshlab bo‘lmaydi.

G‘oyaning tug‘ilishi

O‘sha kunlarning birida Qozog‘istonda ishlab kelgan bir og‘aynim mosh yetishtiradigan tanishlaring yo‘qmi, Qozog‘istonda juda ko‘p ketar ekan deb qoldi. To bu gapning mag‘zini chaqqunimcha, yoz ham kelib qoldi. Endi mosh ekishning vaqti o‘tdi deb o‘ylagan bo‘lsam-da, qiziqqanim uchun internetdan ma’lumotlar qidirishga tushdim. Moshning qanday navlari borligi, ularning qay biri hosildorligi, yuqori hosildorlikka erishishi uchunqanday yerga ekish kerakligi haqida ma’lumotlar to‘pladim. Bir vaqtning o‘zida Qozog‘istonda yirik miqdorda mosh sotib oluvchi kompaniyani topib, ularning talablari bilan yaqindan tanishdim.

Buni qarangki, moshni yiliga ikki marta ekib olish mumkin ekan. Dastlab bahorda ekilsa, ikkinchi marta bug‘doydan bo‘shagan yerlarga ekish ham mumkin ekan. Birdan xayolimga Sirdaryo keldi – bu yerda g‘alla ko‘p ekiladi. Yer topish ham qiyin bo‘lmaydi. Shunday qilib, Sirdaryoda g‘alladan bo‘shagan 60 gektar yerni arzon narxda ijaraga oldim. Qozoq hamkorlarning talabiga ko‘ra, moshning “Durdona” navidan urug‘lik uchun 120 kilogramm xarid qildim. Boshlagan ishim o‘zimga ham yoqa boshladi. Chunki yer maydoni va urug‘lik uchun mo‘ljalimdagidan ham kamroq mablag‘ sarfladim.

Hozir meni kuzatib qo‘ygan ikki nafar o‘rtog‘im bilan shu yerda tanishdim – ular 60 gektar yerga ekilgan moshni o‘z vaqtida sug‘orish va zarur agrotexnik talablarni bajarishni o‘z zimmalariga olishdi. Sarf-xarajatlarni esa men ko‘taradigan bo‘ldim.

Kutilmagan daromad

Shunday qilib, haftada bir ikki bor Sirdaryoga kelib, ekin maydonidan xabar olib yurdim. Asosiy mablag‘ moshni o‘toq qilishga yollangan ishchilarning ish haqisiga va hosilni yanchib olishga sarflandi. Bilasizmi, biznesimizning samaradorligi men kutgandan ham ziyoda bo‘ldi. 60 gektar yerdan 100 tonnadan ortiq hosil ko‘tardik. Barchasini yurtimizdagi qonunchilik talablariga mos holda eksport qildik – to‘lov masalasida Qozog‘istondagi hamkorlarimiz bizga pand berib qo‘yishmadi.

To‘lovlar to‘liq amalga oshirilgach, avtomobilimning pulini alohida chiqarib tashlagandan keyin, uchchalamizga 100 milliondan pul qoldi. Hozir sheriklar bilan keyingi yilda ham birgalikda ishlash uchun kelishib qaytyapman…

Hamrohimning so‘zlarini tinglar ekanman, donolarning “Qimirlagan qir oshar” degan ibratli so‘zlari xayolimdan o‘tdi. Bu yigit yosh bo‘lishiga qaramasdan, biznesini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ya olganiga ich-ichimdan qoyil qoldim. Yurtimizda tadbikorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlarning amaldagi natijasi shu emasmi?

Suhbat bilan bo‘lib, Toshkent shahriga kirib kelganimizni ham sezmay qolibmiz. Hamrohimni iltimosiga ko‘ra, Uchtepa hokimiyati yonida qoldirdim. Mashinadan tushayotib, hayotida quvonchli voqealar ketma-ket bo‘layotganini so‘zlar ekan, yon cho‘ntagidan taklifnoma olib uzatdi: “Aka, to‘y boshlab qo‘yganmiz, baxtli kunlarimizda aziz mehmonimiz bo‘ling!

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
ForkPlayer ForkPlayer