So'nggi yangiliklar
Shvetsiya Markaziy banki (Riksbank) raisi Stefan Ingves yaqin...
Shvetsiya yahudiy yoshlar federatsiyasi muhojirlarga qarshi muxolifati...
Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Krılov Sputnik...
Daniya sog'liqni saqlash ma'muriyati yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) ga...
Bohusländagi 70-yillarda keksa ayolning qornidagi operatsiya paytida unutilgan...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde Markaziy Osiyoning ko'plab...
SMHI tomonidan berilgan ogohlantirishga ko'ra: Skåne, Kalmar, Jönköping,...
Norvegiyada tug'ilgan kunni nishonlashda koronavirus (Kovid-19) cheklovini...
Korona virusi epidemiyasiga qarshi kurash butun dunyo bo'ylab davom etar ekan,...
Lancet Psixiatriya tibbiyot jurnalida chop etilgan va AQShdan kelgan 236 ming...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tomgoady
over the counter viagra viagra without a doctor prescription viagra without a doctor prescription canadian pharmacies...
17 апреля 2021 00:31
Albertina
I think this is аmong the mօst іmportant infօrmation foor me. And i'm glad reading ʏour article. Вut shⲟuld remark оn...
17 апреля 2021 00:05
Oscibly
c canadian pharmacy ratings canadian pharmacies canadian pharmacy...
15 апреля 2021 11:52
Популярные новости

AQShning uysizlar eng ko‘p qayd etilgan 10 ta shahri

09 июл 2017, 08:02, Admin
0 комментариев    327 просмотров
AQShda uysizlar soni 2010-yildan buyon kamayib kelayotganiga qaramasdan, 550 mingga yaqin kishi doimiy turar-joyga ega emas. Katta shaharlarda uysizlar soni ham ko‘proq, shunga qaramasdan, uysizlik barcha o‘lchamdagi shaharlarning umumiy muammosi hisoblanadi, deb yozadi Forum Daily nashri.

Foto: Depositphotos

2016-yil yakuniga ko‘ra, uysizlarning eng ko‘p miqdori AQShning o‘nta shahrida qayd etilgan.

  1. Filadelfiya, Pensilvaniya

Uysizlarning umumiy soni: 6112 kishi.

Shaharda qashshoqlik darajasi 26 foizni tashkil etadi, bundan tashqari, turar-joylarning yuqori qiymati va past maosh uysizlar sonining oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.

  1. Las-Vegas, Nevada

Uysizlarning umumiy soni: 6208 kishi.

Nevadada shahardagi uysizlarning yarmi ruhiy xastaliklardan aziyat chekadi, ulardan ko‘pchiligi uydagi zo‘ravonlik qurboniga aylangan.

  1. Boston, Massachusets

Uysizlarning umumiy soni: 6240 kishi.

Bostonda 6240 uysizdan 3755 nafari farzandlari bor oilalarning a’zolaridir. Bostonda nisbatan kam odam ko‘chalarda tunaydi, chunki Massachusetsda aksariyat uysizlar boshpanaga bo‘lgan qonuniy huquqqa ega.

  1. San-Xose va Santa-Klara, Kaliforniya

Uysizlarning umumiy soni: 6524 kishi.

Bu shahardagi uysizlarning ba’zilari to‘liq ish kuni ishlasa-da, mamlakatning eng qimmat shaharlaridan birida turar-joy ijaraga olish imkoniga ega emasligini ma’lum qilgan.

San-Xose va uning atrofidagi uysizlarning katta qismi ko‘chalarda yoki avtomobillarda yashaydi.

  1. San-Fransisko, Kaliforniya

Uysizlarning umumiy soni: 6996 kishi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, San-Fransiskoda uysizlar soni 7 ming kishidan kamroq, biroq haqiqatda ularning soni bundan ko‘p bo‘lishi mumkin. Mahalliy hokimiyat va notijorat guruhlarning baho berishicha, shaharda uysizlarning real soni o‘n mingdan 12 minggachadir. Shaharda faqat 1300 o‘rinlik boshpana bor, bu esa aksariyat uysizlar ko‘chada tunashga majbur ekanligini anglatadi.

  1. Kolumbiya okrugi

Uysizlarning umumiy soni: 8350 kishi.

Vashington, Kolumbiya okrugida uysizlar soni 2009-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan davrda 34 foizga oshdi. Shahardagi har 100 ming aholidan 124 nafari doimiy turar-joyga ega emas.

  1. San-Diyego, Kaliforniya

Uysizlarning umumiy soni: 8669 kishi.

Hammabop turar-joyning mavjud emasligi San-Diyegodagi uysizlik inqirozining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

  1. Sietl, Vashington

Uysizlarning umumiy soni: 10730 kishi

Ijara haqining oshishi va hammabop turar-joy bo‘yicha davlat dasturlarining qisqarishi Sietldagi uysizlar sonining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

  1. Los-Anjeles, Kaliforniya

Uysizlarning umumiy soni: 43854 kishi.

Los-Anjelesdagi uysizlarning 75 foizi ko‘chalarda, avtomobillarida yoki boshqa vaqtinchalik boshpanalarda yashaydi. Shaharda turar-joy qiymatining juda yuqori ekanligi uysizlik inqirozining asosiy sabablaridan biridir.

  1. Nyu-York

Uysizlarning umumiy soni: 73523 kishi.

AQShdagi uysizlarning 13 foizi Nyu-Yorkda yashaydi. Shaharda uysizlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, ulardan faqat 4 foizga yaqini ko‘chada yashaydi. Nyu-Yorkda uysizlar yuridik jihatdan boshpana huquqiga ega, biroq boshpanalarda joy yetishmasligi sababli shahar uysizlarni mehmonxonalarga joylashtirish uchun har yili millionlab dollar sarflaydi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив