Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Ijtimoiy ishlar vaziri Lena Hallengren bayonot berib, "Shvetsiyada kovid-19ga...
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti mutatsiyaga uchragan koronavirus 50...
Dunyo bo'ylab pandemiya cheklovlari oiladagi zo'ravonlik va ajralish...
Shvetsiyada bugungi kundan boshlab jamoat transportida avj soatlarida niqob...
Olmon (nemis) va shved olimlari qonda haddan tashqari xolesterin kasalligi...
Shvetsiyadagi Turli xil ranglar partiyasining raisi Mikail Yüksel irqchilarning...
2020 yilda Shvetsiyada 88814 kishi yashash va ishlash uchun ruxsat oldi....
Shvetsiya eski sarmoyalarni himoya qilish to'g'risidagi shartnomani buzgan deb...
Shved valyutasining dunyodagi dollarga nisbatan eng kuchli valyuta ekanligi...
Evropa Statistika idorasi (Eurostat) Evropa Ittifoqidagi ( EI ) shovqindan...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tig
cialis viagra und much viagra cost prescription viagra cheap only best offers order viagra order viagra...
Сегодня, 15:38
Tig
safe pace to buy viagra viagra online kaufen nachnahme buy viagra online only now viagra testimonial ...
Вчера, 22:31
buy cialis generic
hello guos 9128738513...
4 января 2021 21:52
Популярные новости

Sog‘liqni saqlash vaziri: Bemor poliklinikaning o‘zida elektron tarzda navbatga turadi

13 июл 2017, 20:58, Admin
0 комментариев    281 просмотр
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziriga Alisher Shodmonov Uzbekistan Today gazetasining “Vaqtinchalik kirish mumkin” loyihasi doirasida fuqarolardan kelib tushgan qator savollarga javob berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Oybek Ahmеdov:  Men bolalikdan ikkinchi guruh nogironiman. Ikki marotaba 1982 va 1987-yillarda Moskva shahridagi Sechenov nomli akademiyada professor Inessa Yevgenyevna Shaxbazyanda davolanganman. Allohga behisob, beadad shukur, peshonamga umr yozilgan ekan, yashab yuribman.

Otamlarning 2015-yili mazalari bo‘lmay qoldi. Prostata onkologiyasi tashxisi qo‘yilgan edi. Yaxshi yurgan edilar. Bu yil yanvar oyidan boshlab yana mazalari bo‘lmay qoldi. Davolana boshladik. Shu yili 31-maydan 9-iyungacha kasalxonada yotdik. Shuni aytishim kerakki, shifoxonadagilarning umuman muomalasi yo‘q. Dangaliga buncha bo‘ladi deb, pul so‘rashadi. Berganingni sekin ko‘rib, bu ozroq, kamroq deb yana so‘rashadi. Hamshiralarning yoniga pul solib qo‘ymaguncha muomala umuman yo‘q. Kapelnitsalarni quyib qo‘yib, yo‘q bo‘lib ketishadi. Adamlarning yonlarida o‘tirib, o‘zim almashtirib o‘tirdim. Respublika onkologiya markazi direktori Tillashayxov Mirzag‘olib Nigmatovich bilan ko‘rishib, konsultatsiyalarini olishni maslahat berishgan edi. Mazalari bo‘lmagan, zo‘rg‘agina o‘rnilaridan turg‘azib adamlarni, umid bilan Mirzag‘olib Nig‘matovichni oldilariga besh marta olib bordim, biror marta kira olmadik. Undan tashqari viloyat onkologiya markaziga Oybek O‘tkurivichning oldilariga borgan edik. Umuman odamgarchiliklari yo‘q, qo‘pol vrach ekanlar.

Men bolaligimdan do‘xtirma-do‘xtir yurgan insonman. Lekin tibbiyotimiz shunchalik yomonlashib ketganligini bilmagan ekanman. Adamlarni mazalari bo‘lmaganidan keyin, onkologlarga ishimiz tushgandan keyin buni bildim, tushunib yetdim. Onkologik kasallarga baribir ketadigan inson degandek qarashar ekan. Adajonim 9-iyunda shifoxonadan chiqqanimizdan keyin bir haftagina yashadilar. 16-iyun kuni, 64 yoshlarida olamdan o‘tdilar.

Hurmatli vazir, sizdan iltimosim meditsina xizmatida ishlayotgan ishchi, xizmatchilaringizni muomala qilishga, bemorlarga hurmat bilan qarashga o‘rgatsangiz.

Alisher Shodmonov: Hurmatli Oybek Ahmedov! Sizning Uzbekistan Today axborot agentligiga yo‘llagan savolingizni o‘qib, avvalambor, otangizni yo‘qotganingiz munosabati bilan sizga o‘z nomimdan chuqur hamdardlik bildiraman va sabr tilayman.

Darhaqiqat, siz o‘tkazgan qayg‘uli kunlar va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlaridan, muomalasidan haqli noroziligingizga hech qanday e’tiroz va oqlash yo‘q.

Har bir sohada bo‘lgani kabi, sog‘liqni saqlash sohasida ham salbiy holatlar, jumladan, o‘z kasbiga loqaydlik, bemorlar dardiga befarqlik hanuzgacha uchramoqda. Aksariyat shifokorlarimiz tunu kun halqimizga beminnat xizmat qilib kelayotgan bir vaqtda, oramizda kasbining mas’uliyati va sharafini his qilmayotgan hamkasblarimiz ham borligidan afsuslanamiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligi doimiy ravishda o‘z tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy xodimlar etikasi va deontologiyasi masalalariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bu borada vazirlikning maxsus buyrug‘i qabul qilingan, joylarda ushbu buyruq mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Siz ta’kidlab o‘tgan ijtimoiy himoyaga va qo‘llab-quvvatlashga birinchi navbatda muhtoj bo‘lgan onkologik kasalliklarni davolash sifatini yanada yaxshilash yo‘lida oldimizga qo‘yilgan ulkan vazifalar bosqichma-bosqich belgilangan muddatlarda bajarilishi ta’minlanadi. Bu borada ko‘zlangan asosiy maqsad — jahon andozalariga mos tibbiy xizmat ko‘rsatib, xalqimizni tibbiyotdan rozi qilish yo‘lida xizmat qilyapmiz.

Va shu o‘rinda ta’kidlab o‘tmoqchimanki, siz bildirgan tavsiya va takliflar chuqur o‘rganilib, kelgusi faoliyatimizda albatta inobatga olinadi.

O‘ktam Umarov: Joriy yildan boshlab mamlakatimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul amalga oshirilyapti. Maqsadli qabulning asl mohiyati nimada? Ya’ni bu jarayon qanday olib boriladi? Yana bir savolim: farzandim Toshkent pediatriya instituti akademik litseyini bitirgan. Toshkent shahrida yashayotgan bo‘lsak-da, asli kelib chiqishimiz Qashqadaryo viloyatidan. Bizning viloyatimizda ham shifokorlar yetishmaydi. Qizim Toshkent davlat stomatologiya institutiga o‘qishga kirmoqchi. Toshkent shahridagi akademik litseyni tamomlagan bo‘lsa ham, maqsadli qabul uchun hujjat topshirishi mumkinmi?

Alisher Shodmonov: Maqsadli qabulda hududlar kesimida tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj oldindan belgilab olinadi va ehtiyojga qarab mahalliy hokimiyat organlari (hokimliklar) o‘z takliflarini beradi. Shundan so‘ng, mazkur maqsadli kvotaga davlat granti asosida o‘sha hudud vakillari o‘qishga qabul qilinadi. Ularni davlat 5–6 yil bepul o‘qitadi, buning evaziga talabalar o‘qishni tugatgach, o‘z hududida ishlab beradi. Bundan ko‘zlangan maqsad — hududlardagi kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish, chekka tumanlardagi tibbiyot birlashmalarini ham oliy ma’lumotli malakali shifokorlar bilan to‘ldirishdir.

Ikkinchi savolingiz ko‘pchilik ota-onalar va abituriyentlarni qiziqtirmoqda. Haqiqatan ham, tibbiyot yo‘nalishida o‘rta maxsus ta’limni Toshkent shahrida olayotgan viloyatlik yoshlar oz emas. Ammo Toshkent shahri uchun maqsadli qabul ajratilmagan. Ya’ni Toshkent shahridagi tibbiyot kollejlari va akademik litseylarni tugatgan abituriyentlar, asli doimiy yashash manzili viloyatlarda bo‘lsa ham, davlat granti asosida qabul qilinmaydi, ular uchun faqat to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoni mavjud.

Iqbol Pardayeva: Prezidentimiz oilaviy poliklinikalarni rivojlantirish haqida doim gapiradilar. Tibbiy xizmatni yaxshilash haqida topshiriqlar beradilar. Biz buni televizor orqali ko‘rib, juda xursand bo‘lyapmiz. Ammo poliklinikadagi navbatlar hali ham davom etyapti. Ikki nafar farzandim bor. Bolalarim kasal bo‘lib qolsa, birinchi navbatda poliklinikaga olib boraman. Lekin poliklinikadagi navbatlardan bemorlar ko‘p qiynalmoqda. Misol uchun, lor shifokorga ba’zan soatlab navbat kutgan vaqtlarimiz bo‘lgan. Bolaning tomog‘i yo qulog‘i og‘rib yig‘lab turganda navbatda turish juda qiyin. UZI xonasiga ham juda uzoq kutib kiriladi. Poliklinikalardagi navbatlardan odamlar juda qiynalmoqda. Shuni hisobga olishingizni so‘rar edim.

Alisher Shodmonov: Poliklinikada navbatlarning yuzaga kelishi, avvalambor, xalqimiz birlamchi tibbiy xizmatga ishonch bildirib, murojaat qilayotganidan darak. Demak, aholida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatiga ehtiyoj bilan birga ishonchi ham yuqori.

Bu esa navbatlarning paydo bo‘lishiga olib kelayotir. Ushbu masalaga yechim sifatida bugun bir qator amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shayxontohur tumanida bo‘lganda aholiga malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish bo‘yicha namunali oilaviy poliklinikani aynan shu tumanda tashkil etish taklifini kiritgan edi. Shayxontohur tumanidagi 47-oilaviy poliklinika mazkur maqsad uchun tanlandi. Poliklinikaga odatda rejali tarzda va shoshilinch holatlarda murojaat qilinadi. Oilaviy poliklinikada har ikki holatda ham bemorga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.

47-oilaviy poliklinikada agar bemor rejali tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqchi bo‘lsa, shifokor qabuliga oldindan yozilishi mumkin. Buni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: telefon orqali va uydan chiqmagan holda, elektron tarzda. Bu islohot aynan navbatlarning oldini olishga qaratilgan.

Yana bir qulaylik, bemor shifokor qabuliga oldindan navbat olmay kelgan bo‘lsa, poliklinikaning o‘zida elektron tarzda navbatda turadi. Buning uchun har bir tashrif buyuruvchi maxsus o‘rnatilgan qurilma orqali o‘z tartib raqamini olib, monitorda navbati qachon kelishini kuzatib borishi mumkin.

Shoshilinch holatlarda esa, murojaat tushgan xonadonga zudlik bilan yetib borish uchun poliklinika qoshida tez tibbiy yordam podstansiyasi va unga biriktirilgan maxsus avtomoshina xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu podstansiyaning poliklinika qoshida tashkil etilishi bejiz emas. Bundan ko‘zlangan maqsad — tez tibbiy yordam chaqirilganda masofa bilan bog‘liq muammolarning oldini olish hamda brigada xonadonga yetib borguncha bemorning ambulator kartasi bilan tanishib borishdir.

Yana bir e’tiborli jihat dori-darmon vositalar ta’minoti bilan bog‘liq. Yaqindan poliklinika ichida cheklangan narxlarda savdo qiluvchi dorixona va fitobar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, shifo muassasasini dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘lar ham oshirilmoqda.

Kelajakda ushbu tajriba mamlakatimizdagi barcha oilaviy poliklinikalarga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Bu harakat birlamchi bo‘g‘inda xalqimizga sifatli, tezkor va samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив