Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Xabarlarga ko'ra, bir ayol bir necha erkak tomonidan qurol bilan tahdid...
Shvetsiyada bir ayol koronavirus bilan ikkinchi bor kasallangani haqida bir...
Shvetsiyada hukumat 2021 va 2025 yillarda mudofaa byudjetini 40 foizga...
Kovid-19 epidemiyasi og'irlashgan Shvetsiyada so'nggi kun ichida mingdan ortiq...
AQShda o'tkazilgan bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, Kovid-19 kasallarida ongni...
KTH tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida, chiqindi...
Janubiy Evropada talofat keltirgan, ikki kishi hayotdan ko'z yumgan va ko'p...
Germaniyada Ma'lumotlarni muhofaza qilish idorasi Shvetsiyaning Hennes &...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tig
online buy cialis 60 mg online cialis generic cialis hr specialist 35mg force culminate cialis cialis...
19 октября 2020 12:45
Tig
cialis side effects uk buy cialis online cialis india cheap order cialis super active from uk cialis prezz...
18 октября 2020 21:28
Tig
much cialis uk cialis necesita receta medica buy cheap cialis cialis 20 mg duration cialis size cialis...
17 октября 2020 23:25
Tig
cialis 20 prezzo farmacia cialis madrid cialis online cialis e spermiogramma ricetta cialis rom cheap...
16 октября 2020 23:34
Популярные новости

Trampning korteji nechta mashinadan iborat va ular nima vazifalarni bajaradi?

14 июл 2017, 13:15, Admin
0 комментариев    250 просмотров
AQSh prezidenti Donald Trampning avtokolonnasi 14—26 mashinadan iborat. Isroilning WallaNews portali ularning har biri haqida batafsil hikoya qiladi, deb yozadi “Argumenti i fakti”.

Foto: Global Look Press

“Katta yigirmalik” sammiti Gamburg aholisiga Amerika prezidentining ulkan korteji bilan ham yodda qoldi.

AQSh prezidenti avtomobillari ketma-ketligini tashkil etish logistika nuqtai nazaridan murakkab operatsiya hisoblanadi. Bir tomondan prezidentga hujum qilishga urinishga ham yo‘l qo‘ymaslik, ikkinchi tomondan hujum yuz bergan taqdirda uni qaytarish lozim. Har bir mashina ekipaji o‘z hududi uchun javob beradi.

Foto: Global Look Press

  1. Marshrut avtomobili va “oldinga qarovchi” avtomobil

Birinchi avtomobil prezident yo‘lga chiqqan yo‘nalish bo‘yicha bir necha daqiqa oldinda yuradi. Uning ekipaji ko‘z bilan kuzatishdan tashqari, boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega va kortejga hammasi joyidaligi haqida hisob beradi. “Oldinga qarovchi” avtomobil ham yuqoridagi vazifalarni bajaradi, biroq kortejdan taxminan bir daqiqa oldinda harakatlanadi.

  1. Tozalovchilar

Bu kortej boshida harakatlanuvchi oltitadan 20 tagacha avtomobil va mototsikldir. Ularning vazifasi prezident harakatlanishini noxosdan to‘xtashini istisno etib, to‘siqsiz harakatlanishini jismoniy ta’minlashdan iborat. Ulardan ba’zilari yon tomondagi ko‘chalarni bekitish uchun oldinga chiqadi. To‘siq chiqqan holatlarda tozalovchilar to‘qnashuv oldidan ham to‘xtamaydi. Ular yo‘lda kutilmaganda paydo bo‘lgan, xavfli ko‘ringan mashinani yo‘ldan surib chiqarish huquqi va imkoniyatiga ega.

  1. Yo‘lboshlovchi avtomobil

Asosiy konvoyning birinchi avtomobili. Odatda u maxfiy xizmatning Chevrolet Suburban’idir. Bu prezident limuzini old buferidir. Kutilmagan to‘siq yuzaga kelgan taqdirda tozalovchilar kabi huquqlarga ega, shubhali mashinaga zarba berish texnik imkoniyatlari esa yanada ko‘proq.

  1. “Asosiy taom”

Prezident limuzini qo‘riqchilar tilida “Kichkina kareta” kodlangan nomi bilan ataladi. Ko‘rinishi oynalari qoraytirilgan Cadillac’ni eslatadi, aslida esa u GM og‘ir platformadagi zirhli mashinadir. Motor quvvati oshirilgan. Zirhli ekanligidan tashqari, kimyoviy va biologik qurol qo‘llanadigan hujumlarga ham qarshi tura olishga qodir. Qorong‘ida ko‘rish jihozlari bilan ta’minlangan.

Ba’zan bu kabi limuzinlar kolonnada ikki va undan ortiq bo‘ladi. Ikkinchi avtomobil, birinchidan, zahira uchun kerak, ikkinchidan, prezident aynan qaysi mashinada harakatlanayotganini hech kim bilmasligi lozim. Ushbu maqsadda limuzinlar doimiy ravishda kolonnadagi o‘rni, ba’zan esa raqamlarini ham o‘zgartirib turadi. Limuzinlar haydovchilari ekstremal haydash bo‘yicha mutaxassislardir. Prezident avtoparki jami 12 tadan 16 tagacha ana shunday limuzinga ega bo‘lib, ular prezident uzoq safarlarga chiqqan holatlarda uning yetib borish joylari bo‘yicha oldindan taqsimlanadi.

  1. Xavfsizlik xizmati

U ham Chevrolet Suburban, amerikaliklar ularni juda yaxshi ko‘radi. Uni kolonnada ajratish oson — unda politsiya chiroqlari va tom qismida qo‘shimcha faralar bo‘ladi. Derazalari doim ochiq, ulardan avtomatli qo‘riqchilarni ko‘rish mumkin.

  1. Radioelektron xavfsizlik mashinasi

Yana bir Chevrolet Suburban bo‘lib, unda politsiya chiroqlari o‘rniga avtomobilning tom qismida antennalar bo‘ladi. Prezident harakatlanayotgan yo‘nalishdagi har qanday signalni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mashina hozir ekanligida prezidentga uchuvchisiz uchar qurilma yoki boshqariluvchi raketa bilan hujum qilish imkonsiz.

  1. Tezkor javob qaytarish guruhi

Ular ham Chevrolet Suburban bo‘lib, ularda haqiqiy rembolar bo‘ladi. Ularning vazifasi prezident limuzini xavfli hududni tezlikda tark etishi lozim bo‘lgan vaziyatlarda jangga kirishishdir.

  1. Razvedka avtomobili

Prezident yo‘nalishi “kartinasi”ni to‘lig‘icha ko‘ruvchi kommunikatsiya markazi. U turli manbalar, jumladan, kuzatuv vertolyotlari va uchuvchisiz uchar qurilmalardan olingan ma’lumotlarni muvofiqlashtirib boradi. Prezident tashrif buyuradigan davlat politsiya va maxsus xizmatlari bilan aloqaga ega. Tashqi tomondan tanib olish qiyin emas, u odatda tijorat yuk avtomobili yoki furgondir.

  1. Qurol-yarog‘ va xavfli materiallar ombori

Odatda Ford yoki Chevrolet yuk mashinasi. G‘ildirakdagi qurol-yarog‘ ombori. Prezident qo‘riqchilari yo‘lda qurol-yarog‘ bilan bog‘liq muammoga duch kelmaydi. Unda kimyoviy hujum oqibatlarini bartaraf etish vositalari ham mavjud.

  1. Kommunikatsiya mashinasi

Yana bir Chevrolet Suburban. U ham ko‘plab sun’iy yo‘ldosh aloqasi antennalariga ega bo‘lgan g‘alati ko‘rinishga ega. Prezidentni aloqaning barcha turlari, jumladan internet bilan ta’minlaydi. Shifrlash qurilmasi ham unda joylashgan.

  1. Yordamchi personal mashinalari

Ular bir nechta. Bunday mashinalar prezidentning rafiqasi, farzandlari, vazirlar mahkamasi a’zolari, shifokorlar, maslahatchilar, harbiy inqiroz holatlarida katta ofitserlar uchun alohida-alohida. Yadroviy chamadoncha ham shu mashinalarda ekanligi taxmin qilinadi.

  1. Matbuot

Prezident saroyi jurnalistlari va matbuot kotiblar prezident bilan birga harakatlanishi mumkin. Ular odatda alohida belgilarsiz va zirhsiz furgon yoki mikroavtobusda, kortejning oxirida harakatlanadi.

  1. Tez yordam

Prezidentga nimadir bo‘lganda va uni shifoxonaga yetkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan holatlar uchun mo‘ljallangan.

  1. Kortej oxiridagi qo‘riqlov qismi

Albatta prezidentga oldindan yoki yon tomonlardan hujum qilinishi kutiladi. Biroq kortejning oxirini ham ochiq qoldirib bo‘lmaydi. Bu prezident kortejining orqa buferidir. Ular avtomobillar yoki mototsikllardan iborat.

Prezident kortejini ko‘rganlar uning ko‘rinishi uzunroq ekanligiga e’tibor qaratgan. Gap shundaki, yuqorida sanab o‘tilgan avtomobillarga odatda mahalliy politsiya va maxsus xizmatlar mashinalari ham qo‘shiladi.

Davlat rahbarlarini qo‘riqlovchi maxsus xizmatlar barcha xavf-xatarni e’tiborga olishi lozim.

Tarixda “yo‘ldagi” rahbarlarga ko‘plab suiqasdlar uyushtirilgan. Ulardan eng mashhuri Avstriya-Vengriya taxti merosxo‘ri ers-gersog Frans Ferdinandning o‘ldirilishidir.

1963-yilda AQSh prezidenti Jon Kennedi snayper qurboniga aylangan edi. Shundan keyin Amerika yetakchilari ochiq limuzinlarda harakatlanishni to‘xtatdi. Hozirgi zirhli mashinalarda avtomobilga o‘tirish va undan chiqish lahzalari eng xavfli sanaladi. Misol uchun, Ronald Reygan limuzinga yaqinlashish chog‘ida og‘ir yaralangan edi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив