Foto: Flickr
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika razvedkachilari olingan axborotni tahlil qilib, BAA hukumati vakillari 23-may kuni hujum rejasini va uni amalga oshirishni muhokama qilganini tasdiqladi.
Shu bilan birgalikda, hujumning o‘zi 24-may kuni yuz bergan. Ammo u bevosita BAA tomonidan amalga oshirilgani yoki BAA boshqa tomonga murojaat qilgani noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Qatar va uning mintaqadagi qo‘shnilari o‘rtasidagi ziddiyat Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Fors ko‘rfazi mamlakatlari va AQSh sammitidan keyin yuzaga keldi. O‘shanda Qatar yangiliklar agentligi mamlakat amiri nomidan nutq e’lon qilgan, unda Eron bilan aloqalar o‘rnatish yoqlab chiqilgan edi. Keyinroq Qatar TIV rasmiy vakili agentlik saytiga xakerlar hujum qilib, nutqni ular joylashtirganini ma’lum qildi. Ammo Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn bu raddiyani ishonchsiz deb topdi.