So'nggi yangiliklar
Shvetsiya Markaziy banki (Riksbank) raisi Stefan Ingves yaqin...
Shvetsiya yahudiy yoshlar federatsiyasi muhojirlarga qarshi muxolifati...
Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Krılov Sputnik...
Daniya sog'liqni saqlash ma'muriyati yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) ga...
Bohusländagi 70-yillarda keksa ayolning qornidagi operatsiya paytida unutilgan...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde Markaziy Osiyoning ko'plab...
SMHI tomonidan berilgan ogohlantirishga ko'ra: Skåne, Kalmar, Jönköping,...
Norvegiyada tug'ilgan kunni nishonlashda koronavirus (Kovid-19) cheklovini...
Korona virusi epidemiyasiga qarshi kurash butun dunyo bo'ylab davom etar ekan,...
Lancet Psixiatriya tibbiyot jurnalida chop etilgan va AQShdan kelgan 236 ming...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tomgoady
over the counter viagra viagra without a doctor prescription viagra without a doctor prescription canadian pharmacies...
17 апреля 2021 00:31
Albertina
I think this is аmong the mօst іmportant infօrmation foor me. And i'm glad reading ʏour article. Вut shⲟuld remark оn...
17 апреля 2021 00:05
Oscibly
c canadian pharmacy ratings canadian pharmacies canadian pharmacy...
15 апреля 2021 11:52
Популярные новости

O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligi qayta ko‘rib chiqiladi

18 июл 2017, 21:26, Admin
0 комментариев    297 просмотров
O‘zbekiston Prezidenti 18-iyul kuni “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

Foto: UzReport

Hujjatga muvofiq, quyidagilar davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari deb belgilandi:

birinchidan, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish;

ikkinchidan, soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotni o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish;

uchinchidan, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;

to‘rtinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish obyektlarini to‘liq qamrab olishni ta’minlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

beshinchidan, faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish;

oltinchidan, soliq solish masalalarida, shu jumladan, respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;

Yettinchidan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.

2018-yil 1-yanvardan:

soliq organlari va halol soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etiladi;

yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;

vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq ta’tillari berilishi mumkin;

o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq to‘lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etiladi;

ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq to‘lovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi;

davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini 5 bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtinchalik to‘xtatib turish vakolati beriladi;

Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi;

soliq tekshiruvi obyektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish, shuningdek soliq organlari tomonidan yuqori likvidli mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish hajmining doimiy hisobi va nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi;

davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi, natijasi bo‘yicha soliq solinadigan bazani aniqlashtiradi.

Farmonga keltirilgan sharhlarda aytilishicha, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarga o‘z vaqtida va samarali xizmat ko‘rsatish maqsadida ular bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga yuklatilmoqda. Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq ta’tillari berish tarzidagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi shakli nazarda tutilmoqda. Shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda.

Farmon qoidalarining amalga oshirilishi soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirishga xizmat qiladi, uning shaffofligini ta’minlaydi, bu esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida o‘z aksini topadi, deyiladi sharhda.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив