Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Ijtimoiy ishlar vaziri Lena Hallengren bayonot berib, "Shvetsiyada kovid-19ga...
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti mutatsiyaga uchragan koronavirus 50...
Dunyo bo'ylab pandemiya cheklovlari oiladagi zo'ravonlik va ajralish...
Shvetsiyada bugungi kundan boshlab jamoat transportida avj soatlarida niqob...
Olmon (nemis) va shved olimlari qonda haddan tashqari xolesterin kasalligi...
Shvetsiyadagi Turli xil ranglar partiyasining raisi Mikail Yüksel irqchilarning...
2020 yilda Shvetsiyada 88814 kishi yashash va ishlash uchun ruxsat oldi....
Shvetsiya eski sarmoyalarni himoya qilish to'g'risidagi shartnomani buzgan deb...
Shved valyutasining dunyodagi dollarga nisbatan eng kuchli valyuta ekanligi...
Evropa Statistika idorasi (Eurostat) Evropa Ittifoqidagi ( EI ) shovqindan...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tig
cialis viagra und much viagra cost prescription viagra cheap only best offers order viagra order viagra...
Сегодня, 15:38
Tig
safe pace to buy viagra viagra online kaufen nachnahme buy viagra online only now viagra testimonial ...
Вчера, 22:31
buy cialis generic
hello guos 9128738513...
4 января 2021 21:52
Популярные новости

“Shifokorlari yaxshi, lekin shifoxona abgor”. Zangiotadagi bemor bolalari tomda yotadigan tibbiyot muassasasi haqida

22 июл 2017, 15:36, Admin
0 комментариев    303 просмотра
“Daryo” tahririyatiga Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi yosh onadan bir murojaat kelib tushdi. Unda tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida ahvol haqida so‘z boradi. Murojaat muallifi shifokorlar jamoasiga deyarli shikoyati yo‘qligini, hali ikki yoshga to‘lmagan o‘g‘li kasalxonadan davolanib chiqqanini ta’kidlagan. Ayni vaqtda, shifoxonaning o‘zi og‘ir ahvolda ekanini, ba’zida esa rahbarlar tomonidan tanish-bilishchilik holatlariga yo‘l qo‘yilayotganini afsus bilan qayd etgan.

Dildora Sharipova
Zangiotalik uy bekasi, 23 yosh

1 yoshu 8 oylik o‘g‘lim o‘tkir diareya (ich ketish) kasalligi bilan og‘rigani uchun 8-iyul, shanba kuni Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga borishga majbur bo‘ldik. Shifoxonaga kelganimizda shifokorlar va hamshiralar shanbalik qilayotgan edi.

Bizni navbatchi shifokor qabul qildi. Bolani tekshiruvdan o‘tkazib, uning holati haqida ma’lumot olgandan so‘ng, shifokor bizga bemorlar ko‘pligi, kasalxonaning bir qismi ta’mirlanayotgani tufayli hozircha faqat yo‘laklarda joy borligini aytdi. Ikkinchi qavatdagi palatalardan biridagi bemorlardan biriga yaqin soatlarda javob berilishi, o‘g‘lim unga tayinlangan muolajalarni olganidan so‘ng, biroz yo‘lakda yotib tursa, joy bo‘shashini aytishdi. O‘g‘limning ichidan qon ketish boshlanganligi tufayli bu taklifga rozilik bildirishga majbur bo‘ldik.

Ikkinchi qavat yo‘lagi

Muolajalarni olgandan keyin, 1—2 soat yo‘lakda yotdik va palatada joy bo‘shashini kutdik. Ikkinchi qavat 5 ta palata, muolaja xonasi, yuvinish xonasi va hojatxonadan iborat. Xonalar kam va kichikligi tufayli tor yo‘lakka karavotlar qo‘yib tashalgan, o‘tish qariyb imkonsiz. Yo‘lak oxirida butun qavat uchun bitta konditsioner o‘rnatilgan. Ammo uning kuchi hech qaysi xonaga yetib bormaydi, boz ustiga qurilma ostidagi tomga olib chiquvchi eshikning teshiklari shu qadar ko‘pki, konditsionerning sovuq havosini tutib qolishning deyarli imkoni yo‘q.

Yo‘lak oxiridagi konditsioner va ilma-teshik eshik

Ikkinchi qavatda faqat o‘tkir diareya bilan og‘rigan yosh bolalar onasi bilan yotibdi. Kasalxonaning bir qismi ta’mirlanayotgani tufayli joy kamligi, diareya bilan kasallangan bemorlar ko‘pligi uchun shifoxona yuqumli kasalliklarga chalinganlarni qabul qilmayotganini aytishdi.

Ikkinchi qavat yo‘lagi

Biz joylashgan 5-xona besh kishiga mo‘ljallangan. Tushdan so‘ng xonaga quyosh nurlari to‘g‘ri tushar, shu sabab bu vaqtda xonada o‘tirish imkonsiz edi. Yosh bolalar yo‘lakka chiqib ketishga urinadi, u yerda konditsionerning salqini, xonada esa jazirama issiq tufayli davolanishga kelgan bolalar qo‘shimcha kasalliklar orttirib, isitmalab, shamollashga chalinayotgan edi. Ko‘pchilik uyidan ventilyator olib kelgan, ammo, aksiga olib, palatada faqat bitta rozetka ishlaydi.

Yuvinish xonasi

Yuvinish xonasida ikkita rakovina bor. Biz davolanayotgan vaqtda ulardan biri sinib tushdi, natijada idish-tovoqlar ham, bolalar kiyimlari ham, sanitarlarning pol artadigan lattasi ham bir joyda yuvila boshlandi.

Qo‘l yuvish uchun ajratilgan rakovina

Shifoxonada asosan diareyaga chalingan bolalar yotgani uchun ularning ichi soatiga bir necha marta keladi va bolalarning kiyimini tez-tez yuvishga to‘g‘ri keladi. Biz shifoxonaga yotgan kun soat 19:30 lar atrofida issiq suv ham, sovuq suv ham o‘chirildi. Keyinroq suv har kuni bir paytda o‘chirilishiga guvoh bo‘ldim. Biz do‘kondan 5 va 10 litrli toza ichimlik suvi tashishni boshladik.

Kunduzi birinchi qavat tomida bemorlar yuvilgan kiyimlarni quritadi

Birinchi kuni kechki paytdan boshlab mendan oldin kelgan bemorlar o‘rin-ko‘rpasini birinchi qavat tomiga tashishni boshladi — ular tunda xona juda issiqligi sababli tomda yotishligini aytishdi. Tomga chiqqanimda ikkinchi qavatdagi barcha bemorlar u yerga chiqib olganini ko‘rdim. Men ham o‘g‘lim bilan tomda yotishga majbur bo‘ldim. Tom ochiq joyda bo‘lganligi tufayli bu yerda shamol esib turardi, ammo quyosh nuri tomga kunduzi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushgani bois tunda ham betondan issiqlik chiqib turardi.

Quyosh qoraygach, bemorlar tomga joylashishni boshlaydi

Kasalxonadagi sharoit unchalik yaxshi emasligiga qaramay, doktorlar, hamshiralar va sanitarlarning bemorlarga nisbatan e’tibori yaxshi edi. Misol uchun, xonamizdan suvarak chiqqanini bosh shifokorga yetkazganimizda sanitarlar xonamizni darhol dezinfeksiya qilib berdi. Kasalxonalarning ovqatlari yomon bo‘lishi haqida ko‘p eshitganmiz. Lekin bu yerning ovqatlari meni hayron qoldirdi, desam ham bo‘ladi. Oshpazlar tayyorlagan taomlar xuddi uyning ovqatidek mazali, unga solinayotgan masalliqlar ham mo‘l edi. Kuniga besh mahal ovqat berishdi. Bemorlar uchun dorilar, ukollar shifoxona hisobidan qilindi. Qon to‘xtatuvchi ukolni dorixonadan olib keldim. Shifoxonadagi dorilar biroz kuchsiz edi, ular natija bermaganidan so‘ng, shifokor mendan: “Bundan kuchliroq dorini sotib olishga qurbingiz yetadimi?”, deb so‘radi. Bolam tezroq tuzalishi uchun o‘sha dorini dorixonadan olib keldim. Dori narxi atigi 3 ming so‘m ekan.

Shu yerda bir “lekini” bor. Shifoxona jamoasi tomonidan amalga oshirilgan bir ish bu yerda yotgan bolalarning sog‘lig‘iga xavf soldi. Yuqorida shifoxona faqat diareyaga chalingan bemorlarni qabul qilayotganini aytib o‘tgandim, biroq shifoxonaga tashqaridan suvchechak bilan og‘rigan 3—4 yosh atrofidagi bolani olib kelishdi. Biz yotgan qavatdagi muolaja xonasida bolaga osma ukollar qilishdi. Biz, onalar hamshiraga e’tiroz bildirib, bu kasallik havo orqali bolalarimizga yuqishi mumkinligini aytib, nima uchun uni qabul qilishganini so‘radik. Hamshira bosh shifokorning tanishiga xizmat ko‘rsatayotganini aytdi. Bosh shifokorning o‘zi shunday qilib turgan paytda e’tirozimizni kimga bildirishni bilmay qoldik. Osma ukollar olgandan so‘ng suvchechakka chalingan bolani olib ketishdi, bizning qat’iy talabimizdan keyin muolaja xonasini gipoxlorit natriy bilan tozalab chiqishdi. Bu yerda 3 oylikdan boshlab 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar diareyadan davolanayotgan edi. Bir yoshga to‘lmagan bolalarga suvchechak yuqsa, ularning hayoti xavf ostida qolishi ham mumkin.

Besh kunlik davolanishdan so‘ng o‘g‘lim sog‘aya boshlagach, shifokorlar javob berishdi va davolanishni davom ettirish uchun uyga dorilar yozib berishdi. Shifoxonaga hech qanday to‘lovlar to‘lamasdan, shifokorlar Nazokat opa va Barno opa, hamshiralar Dilorom opa, Feruza va Masturalardan minnatdor bo‘lgan holda uyga qaytdim.

Birinchi qavat tomiga joylashtirilgan karavotlar

Avvalo hech kim kasal bo‘lmasin, ammo shifoxona xizmatlariga ehtiyoj sezganda, bu yerga davolanish uchun kelganlarning ahvoli yanada yomonlashmasin, degan umid bilan ko‘rgan muammolarimni yozdim. Bu kasalxonada shifokorlar bemorlarni juda yaxshi parvarish qilishiga o‘zim guvohi bo‘ldim, ammo kasalxona ahvoli biroz abgor. Shifoxonadagi shart-sharoitlarni yaxshilash borasida ishlar olib borishni rasmiylardan so‘rab qolaman.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив