Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan kompaniyalardan biri G-Star Raw...
Shvetsiyaning SVT davlat kanalida Saab kompaniyasining Gripen E / F qiruvchi...
Dunyoda 500 mingdan ortiq odamni o'ldirgan COVID-19 o'pkaga katta darajada...
Shvetsiya immigratsiya idorasi 2020 yilning dastlabki 6 oyida 44 ming 597 ta...
Ikki yuzdan ortiq olim odamlari Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga bog'lanib,...
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, Isroilning bosib olgan Falastin...
Shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volvo, old xavfsizlik kamarlaridagi...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Windy
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I've really enjoyed surfing around your blog...
18 июня 2020 08:14
Shirley
Its like you read my thoughts! You appear to grasp a lot about this, like you wrote the book in it or something. I...
4 июня 2020 12:33
buy tadalafil 20mg online
cialis 10mg how long does it last interests cialis dosage forum last post tadalafil cost at walmart - free trial...
26 мая 2020 21:51
Harry
¡O eres la atrana bien! Has pasado cuando te registras con extraños creando gente se dirige desde el principio, y eso...
22 мая 2020 10:45
Популярные новости

XVJ: O‘zbekiston zaxiralari valyuta islohotini ishonch bilan amalga oshirishga imkon beradi

25 июл 2017, 17:53, Admin
0 комментариев    195 просмотров
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Albert Yeger boshchiligidagi missiyasi 17−24-iyul kunlari iqtisodiyotni rivojlantirish va rasmiy organlar ishlab chiqqan rejalarni muhokama qilish uchun Toshkentga tashrif buyurgan edi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: Xalqaro valyuta jamg‘armasi

“Missiya Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asosan rasmiy organlarning iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha kompleks rejalarini ijobiy qabul qildi, — deyiladi missiya bayonotida. — Mazkur rejalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi iqtisodiyotning sifatli ish o‘rinlarini tashkil etish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga bo‘lgan salohiyatini sezilarli darajada oshiradi”.

“Missiya rasmiy organlarning valyuta tizimini isloh qilish bo‘yicha rejalarini alohida tasdiq bilan qabul qildi”, — deya qayd etiladi bayonotda.

XVJ ekspertlari fikricha, valyuta kurslarini bir xillashtirish va valyuta resurslarini bozor tamoyillari asosida taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish O‘zbekiston Markaziy bankiga barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va inflyatsiyani samarali boshqarishga yo‘naltirilgan pul-kredit siyosatini olib borishiga zamin yaratadi.

“Mazkur islohot tashqi raqobatbardoshlikni oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ichki resurslarni taqsimlashni takomillashtirish hisobiga ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy rivojlanishga ham xizmat qiladi. O‘zbekistonning katta miqdordagi valyuta zaxiralari mazkur islohotni ishonch bilan amalga oshirishga imkon beradi”, — deyiladi bayonotda.

XVJ O‘zbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan islohot rejalarini qo‘llab-quvvatlash uchun iqtisodiy siyosat bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etish va qo‘shimcha texnik ko‘mak ko‘rsatishga tayyor.

“Islohotlarni pul massasi va kreditlar hajmining tez sur’atlarda o‘sishi keltirib chiqaradigan inflyatsion bosim ostida amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Bunda missiya yaqindagina MBning pul-kredit siyosatida talabchanlikni kuchaytirgani, jumladan qayta moliyalash stavkasini 9 foizdan 14 fozga oshirganini ijobiy baholaydi”, — deyiladi XVJ missiyasi bayonotida.

XVJ missiyasi hukumatning iqtisodiy statistika sifati va shaffofligini oshirish bo‘yicha qat’iy harakatlarini ham ijobiy baholadi. 2018-yildan boshlab inflyatsiya sur’atlarini o‘lchash uchun yangi iste’mol narxlari indeksidan foydalanish mazkur muhim statistik ko‘rsatkich sifatini oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydi XVJ.

Missiya O‘zbekistonning XVJ kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha umumiy tizimiga (r-OSRD) qo‘shilish rejasini ijobiy qarshi oldi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив