Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, Isroilning bosib olgan Falastin...
Shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volvo, old xavfsizlik kamarlaridagi...
Dunyo bo'ylab koronavirus epidemiyasiga qarshi emlash va dori-darmonlarni...
Ma'lum bo'lishicha, Shvetsiyadagi koronavirus epidemiyasidan eng ko'p aziyat...
Koronavirus epidemiyasi tufayli mijozlarga pochtaning yetkazib berishning...
Shvetsiya Uppsala universitetining akademik kasalxonasi shifokorlari gumon...
Ta'kidlanishicha, Shvetsiya kiyim-kechak giganti H&M korona inqirozi...
17 yoshli shved iqlim faoli Greta Thunberg BMTning 2019 yil sentyabr oyida...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Windy
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I've really enjoyed surfing around your blog...
18 июня 2020 08:14
Shirley
Its like you read my thoughts! You appear to grasp a lot about this, like you wrote the book in it or something. I...
4 июня 2020 12:33
buy tadalafil 20mg online
cialis 10mg how long does it last interests cialis dosage forum last post tadalafil cost at walmart - free trial...
26 мая 2020 21:51
Harry
¡O eres la atrana bien! Has pasado cuando te registras con extraños creando gente se dirige desde el principio, y eso...
22 мая 2020 10:45
Популярные новости

Barcha u haqda eshitgan, lekin hech kim hech narsa bilmaydigan davlatda hayot qanday kechadi? (foto)

26 июл 2017, 11:26, Admin
0 комментариев    225 просмотров
Marokash Yevropadan bor-yo‘g‘i bir necha kilometr masofada joylashgan, biroq unda hayot butunlay boshqacha kechadi. U nafaqat eng mazali mandarinlar mamlakati, balki ko‘p asrlik an’analar, arxitektura shoh asarlari va g‘aroyib tabiat manzaralarini mujassamlashtirgan davlatdir.

AdMe o‘ziga xos atmosferaga ega bo‘lgan mamlakat haqida 13 ta g‘aroyib faktni to‘pladi.

  1. Marokashda dunyodagi eng qadimiy universitet joylashgan

Dunyodagi eng qadimiy universitet 859-yilda ochilgan. Unga badavlat savdogarning qizi Fotima al-Fixriy asos solgan. Yevropa an’analaridan farqli ravishda eski arab universitetlari muassasa nomidan diplom bermagan: asosiy e’tibor individual murabbiylardan ta’lim olishga qaratilgan. Faqat 1947-yilga kelib Al-Karauin Yevropa tushunchasidagi “universitet”ga aylandi.

Foto: AdMe

  1. Afrikada qor bor

Qishda Marokashda chang‘i, chana va snoubordda uchish, qorbobolar yasash mumkin. Marokashdan 75 kilometr masofadagi Atlas g‘orlarida tog‘-chang‘i kurorti — Ukaymeden joylashgan. U yerda dekabrdan aprelgacha qor bo‘ladi.

Foto: AdMe

  1. Marokashda ko‘p sonli mashhur film va seriallar suratga olinadi

Mahalliy peyzajlarning maftunkorligi eng mashhur rejissorlarni befarq qoldirmagan. 60-yillardan boshlab mamlakatda har yili yuzlab kinokartinalar jonlantiriladi. 1983-yilda jahon kinostudiyalarining eng yiriklaridan biri — “Atlas”ga asos solindi. Aynan shu yerda “Gladiator”, “Aleksandr”,  “007: Spektr” va mashhur “Taxtlar o‘yini” seriali suratga olingan.

Foto: AdMe

  1. Bu yerda nonni tashlab yuborish mumkin emas

Marokashliklar nonni ko‘p iste’mol qiladi va barcha oilalarda unga juda hurmat bilan yondashiladi. Yeyilmay qolgan non qoldiqlari chorvaga yemish sifatida ishlatiladi. Agar oila bunday xo‘jalikka ega bo‘lmasa, eski nonni biror buyumga, misol uchun, yuvish vositasiga almashtirib olish mumkin.

Foto: AdMe

  1. Rakovinaga issiq suv to‘kish taqiqlangan

Bu taqiqning quvurlar konstruksiyasiga hech qanday aloqasi yo‘q. Marokashda suv bor joylar: jamoat hammomlari, ariq, rakovina va boshqa shu kabi joylarda jinlar yashashiga ishonishadi. Rakovinaga issiq suvni quyib, jinlarning jahlini chiqarish mumkin degan qarashlar mavjud. Shuning uchun qaynoq suvni quyishda sovuq suvli kranni ochish zarur.

Foto: AdMe

  1. Marokash Yevropaga biz o‘ylagandan ko‘ra yaqinroq

Gibraltar bo‘g‘ozi Marokashni Yevropadan atigi 16 kilometrga ajratib turadi. Marokash qirg‘og‘idan turib Ispaniyadagi mashinalar harakatini kuzatish mumkin. Ikki ispan anklavi, Seuta va Melilya esa qirollik hududida joylashgan. Shu tariqa Marokashni tark etmasdan turib ham Yevropaga tushib qolish mumkin.

  1. Marokashda hozir 2967-yil

Mamlakat aholisining ko‘pchilik qismini berberlar tashkil qilib, hozir ularda 2967-yil. Qirollikning o‘zi rasman butun sayyora yil o‘lchovi bo‘yicha yashasa-da, 2011-yilda Marokashda tamazix (berber) tili arab tili bilan bir qatorda davlat tiliga aylandi.

  1. Bu yerda go‘shtni rad etish mumkin emas

Marokashda go‘sht xuddi choy kabi mehmon va mezbon o‘rtasidagi munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. Go‘shtni rad etish qo‘pollik hisoblanadi. Shuningdek, chap qo‘l bilan ovqatlanish mumkin emas, chunki u “nopok” hisoblanadi. O‘ng qo‘l bilan, uning katta, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlaridan foydalanib ovqat iste’mol qilish zarur.

Foto: AdMe

  1. Yurak o‘rniga jigar

Marokashda sevgi ramzi biz odatlangandek yurak emas jigardir. Sog‘lom jigar ovqat hazm qilishga yordam berib, baxt-saodatga olib boradi deb hisoblanadi. “Jigarimni zabt etdingiz” iborasi sevgi izhorini anglatadi.

Foto: AdMe

  1. Rolls-Royce avtomobillari salonini bezatish uchun ishlatiladigan daraxt faqat Marokashda o‘sadi

Qizil-jigarrang Marokash tuya daraxti faqat Atlas tog‘lari yonbag‘rida o‘sadi. Bu noyob va chiroyli daraxt Rolls-Royce, Mercedes va BMW avtomobillarini bezatishda qo‘llanadi.

Foto: AdMe

  1. Gaz va neft konlari yo‘q

Gaz va neft konlari yo‘qligi sababli muqobil energiya manbalarini o‘zlashtirish bo‘yicha faol harakatlar amalga oshirilmoqda. Qirol Muhammad VI Saharada quyosh energiyasi konsentratori so‘nggi qismini ishga tushirdi. Bu yuqori texnologik qurilma dunyodagi eng yirik quyosh stansiyasiga aylandi.

Foto: AdMe

  1. Marokashda ko‘k rangga bo‘yalgan shahar bor

Marokashda ko‘k rangga bo‘yalgan shahar bor. Shefshauen yahudiy jamiyati quvg‘inlardan boshpana topgan joyga aylangan. Aynan ular shahardagi binolarni ko‘k rangga bo‘yagan.

Foto: AdMe

  1. Uydagi jihozlarni maqtash mumkin emas

Agar mehmonga taklif qilingan bo‘lsangiz va xonadondagi biror buyum sizga yoqib qolsa, uni maqtashdan o‘zingizni tiying. Aks holda sizdan uni o‘zingiz bilan olib ketish so‘raladi. Bu ko‘z tegib qolmasligi uchun: uyda boshqalarning hasadini keltiruvchi buyumlarni saqlash mumkin emas.

Foto: AdMe

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив