Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Migrantlar zich yashaydigan Rinkeby tumanida qora kiyingan va niqobli...
Stokgolm okrug sudi hafta boshida sudda bo'lgan Rokini ozod qilishga qaror...
OAV xabarlariga ko'ra, har yozda Kaliforniyaning shimolidagi Gilroy sarimsoq...
Shvetsiyada so'nggi kunlarda haroratning ko'tarilishi va tabiatda yong'inning...
Prezident Donald Trump, uch hafta oldin Shvetsiya poytaxti Stokgolmda, rapchi...
O'tgan yili Birlashgan Qirollik, Germaniya va Fransiya harbiy samolyot...
Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmdagi texnologiya kompaniyasi Furhat Robotics...
Rossiya havo kuchlarining ikki Tupolev Tu-160 strategik bombardimchisi Baltic...
Mahalliy politsiya xabariga ko'ra, kichik samolyot Umeå shahri yaqinida...
Tashqi ishlar vaziri Margot Vallstrom matbuot anjumanida, yadroviy ta'qiqlash...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
n
Insonlarni xayotga bolgan muxabatini va shukronalik xissini uyg'otuvchi maqolalar ekan raxmat...
17 сентября 2019 11:09
Гость TravisAsses
строительство элеваторов ---- как не нельзя не сделать ---- Трах В Очках порно смотреть - Порно онлайн...
12 сентября 2019 10:28
Pavel
Здравствуйте, дайте пожалуйста номер редакции журнала "Bolajon" Zdrastvuyte Vse danniye redaktsii ukazan v jurnale ...
24 мая 2019 11:20
MariaJut
просто улет металлические двери...
4 мая 2019 21:31
Популярные новости

Farg‘onada ehtiyojmand oilalarga zamonaviy uy-joylar topshirildi

29 июл 2017, 16:46, Admin
0 комментариев    196 просмотров
Farg‘ona viloyatida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga O‘zbekiston Prezidentining sovg‘asi — yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali ravishda topshirildi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: O‘zA

Bugunga qadar viloyat bo‘yicha uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan 38 fuqaroga imtiyozli kredit asosida uy-joyli bo‘lish uchun boshlang‘ich badal to‘lovi Prezident nomidan berildi.

Foto: O‘zA

Cho‘lponoy Soynazarova Farg‘ona tumanidagi “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydi. O‘zi I guruh, turmush o‘rtog‘i II guruh nogironi. Ikki farzandli bu oila bir hovlida 4 xo‘jalik bilan istiqomat qilayotgan edi.

“Bu oilaga Prezident nomidan Mindonobod massividagi 2 sotixdan iborat uch xonali uy berilgani nafaqat ularni, balki tanigan-tanimagan barchani xursand qildi”, — deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Rosti, Cho‘lponoyga yangi uy-joy berilishi haqidagi xushxabardan xuddi o‘zimning farzandim uyli bo‘lgandek quvondim. U nogiron bo‘lishiga qaramay, hamisha harakatda. Tomorqaga qaraydi, uy-joyini saranjom-sarishta tutadi.

Taqdir ekan, yaqinda kasallik tufayli o‘ng oyog‘idan ham ayrildi. Shunda ham tushkunlikka tushmadi. Bir hovlida 21 jon istiqomat qilardi. Mana endi davlatimiz g‘amxo‘rligi tufayli ular o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Gulnora Hasanova, “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

Salimaxon Matkasirova ham shunday uy sohibalaridan. U Farg‘ona tumanidagi “O‘rta qishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida 5 xo‘jalik bilan yashab kelayotgan edi. I guruh nogironi bo‘lgan bu ayolning turmush o‘rtog‘i vafot etgach, bir xonali ota uyidan panoh topgandi.

“O‘zbekiston hukumatining g‘amxo‘rligi bilan u o‘z uyiga ega bo‘ldi. Qarindosh-urug‘lar, mahalla-ko‘y uning yangi xonadonini qutlashga kelmoqda, davlatimiz rahbarining e’tiboridan mamnun”, — deyiladi agentlik xabarida.

Sevinchimni so‘z bilan ifodalab berolmayman. Prezidentimizga ming rahmat. 18 yildan buyon bir xonali uyda yashab kelayotgan edim. Uch xonali uy berishdi.

Qani endi ko‘zlarim ko‘rganda edi, yurtim ravnaqi uchun men ham o‘z hissamni qo‘shgan bo‘lardim. Bizdek ko‘ngli o‘ksiklarni qo‘llayotgan davlatimizdan, hukumatimizdan minnatdormiz.

Salima Matkasirova

Toshloqlik Dilafro‘z Qambarovaning ham bugun quvonchi cheksiz. II guruh nogironi bo‘lgan bu ayol bir hovlida 4 xo‘jalik bilan yashab kelayotgan edi. Unga Toshloq shaharchasidagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatidan 3 xonali xonadon kaliti topshirildi.

Imkoniyatimiz cheklangan bo‘lsa-da, hukumatimiz bizni doimo qo‘llab-quvvatlab, e’tibordan chetda qoldirmaydi. Yashayotgan uyim ancha xarob ahvolga tushib qolgan, uni ta’mirlashga imkoniyatimiz yo‘q edi.

Prezidentimizning g‘amxo‘rligi bo‘lmasa, bunday zamonaviy uy-joylar qayoqda edi, deysiz. Hammasi uchun rahmat.

Dilafro‘z Qambarova

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив