Foto: KNews
Avtobus va mashinalar orqali Vladislav Reushev Mo‘g‘uliston, Xitoy, Laos, Vyetnam, Tailand, Kambodja va Singapurga bordi. U deyarli umuman pul sarflamagan, aksincha, Viktor Soy va “DDT”ning qo‘shiqlarini kuylab, pul ishlagan.
Vlad faqat viza va parvozlar (bir—ikki marta) uchun mablag‘ ketkazdi. Umumiy hisobda yigit 27 ming km masofani bosib o‘tdi va minglab mashinalarda yurdi.
“Endi men xitchxayker sifatida Qirg‘iziston yoki O‘zbekistongacha borib, u yerda pushtadan tarvuz uzib yeyishni rejalashtimoqdaman”, — dedi rossiyalik sayohatchi.