So'nggi yangiliklar
Shvetsiya Markaziy banki (Riksbank) raisi Stefan Ingves yaqin...
Shvetsiya yahudiy yoshlar federatsiyasi muhojirlarga qarshi muxolifati...
Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Krılov Sputnik...
Daniya sog'liqni saqlash ma'muriyati yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) ga...
Bohusländagi 70-yillarda keksa ayolning qornidagi operatsiya paytida unutilgan...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde Markaziy Osiyoning ko'plab...
SMHI tomonidan berilgan ogohlantirishga ko'ra: Skåne, Kalmar, Jönköping,...
Norvegiyada tug'ilgan kunni nishonlashda koronavirus (Kovid-19) cheklovini...
Korona virusi epidemiyasiga qarshi kurash butun dunyo bo'ylab davom etar ekan,...
Lancet Psixiatriya tibbiyot jurnalida chop etilgan va AQShdan kelgan 236 ming...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tomgoady
over the counter viagra viagra without a doctor prescription viagra without a doctor prescription canadian pharmacies...
17 апреля 2021 00:31
Albertina
I think this is аmong the mօst іmportant infօrmation foor me. And i'm glad reading ʏour article. Вut shⲟuld remark оn...
17 апреля 2021 00:05
Oscibly
c canadian pharmacy ratings canadian pharmacies canadian pharmacy...
15 апреля 2021 11:52
Популярные новости

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri test savollari mukammal emasligini tan oldi

03 авг 2017, 18:13, Admin
0 комментариев    277 просмотров
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni bilan bog‘liq savollarga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Abituriyentlar va OTM vakillarining o‘zlari ham test savollarining murakkabligi va chalkash ekanini tanqid qilmoqda. Yaqindagina “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan ko‘rsatuvda adabiyotshunos olim, professor Omonulla Madayev ayrim savollarni “farzandi yo‘q odamlar” tuzayotganini kinoya qilib aytib o‘tgandi.

Inom Majidov amaldagi tizimning mukammal emasligini tan oldi, biroq muammolar ular aniqlanishi bilan bartaraf etilishini ma’lum qildi.

“Haqiqatan, test savollarini takomillashgan deb bo‘lmaydi. Biroq ular uzoq yillar davomida almashtirilmaydi, deyish ham noto‘g‘ri. Birinchidan, savollar bazasi har yili kengaytirilmoqda. Ikkinchidan, savollarning o‘zi ham yaxshilanmoqda. Ushbu jarayonda ishtirok etuvchi o‘qituvchi-ekspertlar OTMgacha o‘quv dasturlari doirasiga kirmaydigan savollardan baza tashkil etadi”, — dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yil muqaddam barcha fanlar bo‘yicha “chalkash” test savollari tahlili o‘tkazilgan.

“Test tuzuvchilardan tashqari, masala boshqa mutaxassis va ekspertlardan tarkib topgan komissiya tomonidan ham o‘rganildi. Ayrim savollarning izohga muhtoj ekani haqiqat, biroq bu juda kam qismni tashkil etadi. Ular yangilangan va o‘zgartirilgan”, — ma’lum qildi oliy ta’lim vaziri.

Inom Majidov O‘zbekistonda testolog mutaxassislar tayyorlanmasligini, borlari esa katta tajribaga ega emasligini tan oldi:

“Test tuzish o‘ziga xosliklarga ega. Savollarni to‘g‘ri tuzish, shakllantirish kerak”.

Uning fikricha, mutaxassislarning malakasini oshirish uchun ularni, jumladan, yaqinda qayta tashkil etilgan “Iste’dod” fondi yordamida chet elga yuborish kerak.

Bundan tashqari, barcha OTMlardagi yo‘nalishlar bo‘yicha yagona tanlov joriy etish taklifi haqida fikr bildirar ekan, Inom Majidov bu kadrlarning mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishidagi muvozanatni buzishi mumkinligini tan oldi.

Vazir quyidagi misolga izoh berdi: abituriyent Samarqand OTMlaridan birida imtihon topshiradi, 160 ball to‘playdi, ammo bu kirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Ayni paytda Toshkentda boshqa abituriyent shu yo‘nalish bo‘yicha 140 ball to‘plab, talaba bo‘ladi.

“Bu masala o‘rganilgan. Agar abituriyentlar misolida gapirsak, Samarqand bitiruvchilarining 70–80 foizi shu shaharda ishlashga qoladi, Toshkent yoki Buxoroga ketmaydi. Bu yerda bir masalan hal qilib, boshqa muammo — kadrlarning mintaqalar bo‘yicha taqsimlanish muvozanati bilan to‘qnash kelish mumkin”, — dedi u.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив