Foto: Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan ayni kunda Surxondaryo viloyatidagi avtomobil yo‘llari ham qayta qurilib, joriy ta’mirdan chiqarilmoqda.
Jumladan, viloyatdagi 4R-105 “Darband q. – Boysun sh. – Elbayon q.” avtomobil yo‘lining texnik holatini yaxshilash hamda yo‘l qoplamasini tiklash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Yo‘lning 65—70-kilometrlari oralig‘ida qum va shag‘al aralashmasidan asos yoqizildi.
Bundan tashqari, viloyatdagi anchadan beri ta’mirtalab bo‘lib kelgan 4R-100 “Manguzar q. – Jarqo‘rg‘on sh. – Bandixon q. – Oltinsoy q. – Denov sh.” avtomobil yo‘lining 126—137-kilometrlari oralig‘ida to‘lqinsimon bo‘rtmalar bartaraf etildi, 22 km uzunlikdagi yo‘l yoqasi tekislandi. Yo‘lning 126—137-kilometrlari hamda 140—141-km oralig‘idagi qismida joriy ta’mir ishlari bajarildi.
Shuningdek, mazkur avtomobil yo‘lining 134-kilometr qismida 3 dona oraliq qurilmali, 42 pogon-metr uzunlikdagi yangi ko‘prik qurish ishlari davom etayotgan bo‘lib, mazkur yangi ko‘prik joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshiriladi. Inshootning umumiy qiymati 3 milliard 212,6 million so‘mni tashkil etadi.
Viloyatdagi yo‘l qurilish va ta’mir ishlari bugungi kunda ham dastur bo‘yicha davom ettirilmoqda.