Foto: NBCNews
Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleppo va Damashqdan sharqda joylashgan hududlardagi jangarilarning omborxonalaridan topilgan qurol-yarog‘ qo‘l granatalari va granatomyotlar uchun mo‘ljallangan o‘qlar bo‘lib, ular CS va CN zaharlovchi moddalari bilan to‘yintirilgan.
“Topilgan kimyoviy o‘q-dorilar… AQShdagi Federal Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan… Zaharlovchi vositalar esa Buyuk Britaniyadagi Cherming Defence UK va AQShdagi NonLethal Technologies shirkatlari tomonidan tayyorlangan”, — dedi Miqdad.
Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, “AQSh va Buyuk Britaniya, shuningdek, ularning mintaqadagi ittifoqchilari, Kimyoviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya talablariga zid ravishda, Suriya hududida faoliyat olib borayotgan terrorchilik tashkilotlariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatmoqda”.