Ta’kidlab o‘tish lozimki, Artel mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida sifatni qattiq nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu jarayon hatto kichik kamchiliklarni topa olishga qodir. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifatini ta’minlaydi.
Hozirgi paytda Samsung muzlatgichlarining hajmi 290 va 320 litr bo‘lgan 4 ta modelini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Bu modellar iste’molchilar xohishi va talabidan kelib chiqilgan holda konfiguratsiyasi va muzlatish kamerasining joylashuvi bilan farqlanadi. Barcha muzlatgichgichlar qator foydali ishlanmalarga ega bo‘lib, energosamaradorlikning yuqori sinfi — A+ toifasiga kiradi.
Samsung muzlatgichlarida qo‘llanilayotgan so‘nggi texnologik ishlanmalar orasida Multi Air Flow ko‘p oqimli sovitish tizimiga to‘xtalib o‘tish lozim.
U sovuq havoni barcha bo‘limlar o‘rtasida tez hamda bir hajmda taqsimlash imkonini beradi. Shu tufayli muzlatgichdagi har bir mahsulot kerakli nam va sovuq miqdori bilan taminlanadi, bu esa mahsulotlaringiz yangi holda, uzoq vaqt davomida saqlanishini kafolatlaydi.
Samsung muzlatgichlari elektr tarmoqdagi o‘zgarishlarga bardoshli bo‘lib, kuchlanish 187 volt bo‘lganda ham ishlashi mumkin.
Yaqin o‘tmishda har bir uy bekasi albatta har oy muzlatgichni eritishi talab etilardi. Bu og‘ir va mashaqqatli jarayon bo‘lib, ularning dam olish kunini yarmini qamrab olar edi. Biroq barchasi No Frost tizimi paydo bo‘lishi bilan o‘zgardi, u tufayli muzlatish kamerasi devorlarida muzli “po‘stinlar” paydo bo‘lmaydi, sovutgich qismida esa havo aylanishi mos haroratga keltiriladi va bunda mahsulotlar yangi hamda vitaminlarga boy holda saqlanadi.
Muzlatish kamerasiga keladigan bo‘lsak, Samsung RB29FERNDSA_WW va Samsung RB29FSRNDSA_WW modellaridagi 98 litrlik hajm ancha katta miqdordagi go‘sht mahsulotlari, shuningdek, sabzavotlar va mevalarni saqlash imkoniyatini yaratadi.
Artel zavodlarida ishlab chiqarilayotgan Samsung muzlatgichlari xaridorlar talab va istaklaridan kelib chiqqan holda taqdim etilmoqda. Shubhasiz, bunday hamkorlik aholining hayot darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugunga kelib dunyoga mashhur Samsung brendi ostida ishlab chiqarilayotgan sifatli va texnologik jihozlangan mahsulotlarni xarid qilish O‘zbekiston aholisi uchun yanada qulay bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida