Foto: MAK matbuot xizmati
Mumbayning 100 dan ortiq sayyohlik kompaniyasi ishtirok etgan taqdimotda O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixiy va me’moriy obidalari, tabiati, iqlim sharoitlari, madaniyati va an’analari haqida batafsil ma’lumot berildi.
MAKning Dehlidagi vakili A. Otaboyev mehmonlarni milliy aviatashuvchi, parvozlar yo‘nalishi, havo kemalari aviaparki, mamlakat aeroportlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Aviakompaniya tomonidan parvozlar xavfsizligini ta’minlash va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’ruza qildi.
Foto: MAK matbuot xizmati
Hindiston turizm kompaniyalari vakillari Toshkent va Mumbay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovning ochilishi O‘zbekistonni mahalliy turizm bozoridagi eng xaridorgir yo‘nalishlardan biriga aylantirishiga umid bildirdi.