Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostidagi bayram tadbiri tuman markazida, yaqinda ishga tushirilgan va mamlakatdagi eng katta musiqali favvoralardan biriga ega bo‘lgan “Eko-park” hududiga tutash maydonda o‘tkazildi.
Dastlab tuman madaniyat bo‘limi qoshidagi “Shodiyona” folklor, “Qizlar gultastasi” raqs, “Shabnam” bolalar jamoalari ishtirokidagi chiqishlar namoyish etildi.
Shundan so‘ng navbat poytaxt va vodiydan tashrif buyurgan san’atkorlarga berildi. Xonanda Sardor Mamadaliyev, “Nihol” mukofoti sovrindori Bekzod Bahromov, Muqaddas Jo‘rayeva ijrosidagi qo‘shiqlar barchani davraga chorladi.
Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati