Foto: Sputnik
“Jayil tumanidagi maxsus operatsiya yakunlandi”, — dedi u. Sulaymonov hozircha operatsiya chog‘ida yo‘q qilingan terrorchilik tashkiloti a’zolari sonini aytishdan bosh tortmoqda. “Bu ishning barcha tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi”, — dedi u. Shu bilan birga, u mahalliy OAVlarning operatsiyalarni o‘tkazish vaqtida maxsus bo‘linmalar jangchilari halok bo‘lgani haqidagi xabarlarini tasdiqlamadi.
Avvalroq qurolli jinoyatchilar guruhi patrul militsiyasi xodimlari talablarini bajarmagani va ularga qurol bilan tahdid qilgani sababli Bishkekda va unga yondosh Chuy viloyatida “Tutish” rejasi e’lon qilingan edi.