Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Olimlarning ta'kidlashicha, yangi koronavirus shakli halokatliroq ekanligi...
Bosh vazir Löfven Shvetsiyaning epidemiyaga qarshi kurashish bo'yicha bahsli...
Ma'lum bo'lishicha, Shvetsiyaning beshta mintaqasiga yetkazib berilgan...
Botkyrkadagi Kaggamra chiqindi poligoni noyabr oyining oxiridan beri yonmoqda....
Tadqiqotchilar Uppsala shahridagi Universitet kasalxonasida davolanayotgan,...
Seysmolog Björn Lundning so'zlariga ko'ra zilzila 2,7 balni tashkil etdi....
Shvetsiyadagi ba'zi yirik oziq-ovqat tarmoqlarida mol go'shti etishmasligi...
Garchi Kovid-19 masalasida Shvetsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa-da,...
O'tgan yili Shvetsiya poytaxti Stokgolmda rekord miqdordagi bomba hujumlari...
Ijtimoiy ishlar vaziri Lena Hallengren bayonot berib, "Shvetsiyada kovid-19ga...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tig
online viagra sellers cheap ciali or viagra on line viagra online ou peux ton acheter du viagra viagra bad...
Сегодня, 21:52
Tig
cheapest best viagra online viagra 50 mg pfizer preis viagra dove si acquista versagt viagra cialis levitra...
Вчера, 23:00
Sfeere
Прошу прощения, что вмешался... Мне знакома эта ситуация. Давайте обсудим. -------- ПНЕВМАТИЧЕСКИЙ ГЛУШИТЕЛЬ |...
Вчера, 19:41
Tig
acheter viagra boite de diferenca viagra e generico viagra cialis paypal we like it sale viagra...
Вчера, 06:33
Популярные новости

Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majumuida bo‘lib o‘tgan marosimda ishtirok etdi

31 авг 2017, 10:41, Admin
0 комментариев    286 просмотров
Bugun, 31-avgust kuni “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida Qatag‘on qurbonlari kuni munosabati bilan mazkur xiyobonda o‘zbek xalqining ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan marhumlarni yod etish marosimi o‘tkazildi.  Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: “O‘zbekiston 24”

An’anaga ko‘ra osh tortildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, ulamolar, mahalla faollari va ziyolilar bilan suhbatlashdi.

Islom Karimovning 2001-yil 1-maydagi “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmoni asosida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etilgan edi.

Muzey 2002-yil 31-avgust kuni – mamlakatda ilk bor nishonlangan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunida tantanali ravishda ochilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muzey eksponatlari bilan tanishdi.

“Ajdodlarimizning Vatan tinchligi va ozodligi yo‘lidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabidir… Har bir viloyatda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini tashkil qilishimiz kerak. Ular universitet va institutlar qoshida tashkil etilsa, ayni muddao bo‘ladi. Qatag‘on qurbonlari xotirasi bo‘yicha maktab darsliklarida maxsus dastur asosida o‘qitish tizimini ham ishlab chiqish zarur”, — dedi mamlakat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev muzey yonidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali atrofini yanada obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

“Bu yerdagi muhit ijodkorlar uchun ilhom manbaidir. Shuning uchun Bo‘zsuv kanali atrofida turli tadbirlar – maqom kechalari, yoshlar, nuroniylar va ziyolilarning uchrashuvlarini uyushtirish maqsadga muvofiq”, — dedi Prezident.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив