Foto: “RBK”
KXDR TIV qayd etishicha, AQSh Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Ulchi — Freedom Guardian qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish orqali Pxenyanning mintaqadagi keskinlikni yumshatish tashabbusidan voz kechgan.
Bundan tashqari, TIV vakili KXDR raketa texnologiyalarini rivojlantirish va mamlakat jangovar qobiliyatini oshirish maqsadida Tinch okeaniga ballistik raketalar uchirishni davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.