Foto: Reuters
“Pxenyan bilan kommunikatsiya kanallari mavjud, butkul zimistonda emasmiz. Ular bilan gaplashishimiz mumkin va gaplashyapmiz ham”, — dedi Tillerson Xitoyga safari chog‘idagi chiqishida.
Davlat kotibiga ko‘ra, AQShda Shimoliy Koreya uchun ikki-uch kanal ochilgan, muloqot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib o‘tadi. Bunday muzokaralardan ko‘zda tutilgan maqsad KXDR nimani muhokama qilishni istashiga aniqlik kiritishdan iborat.
“Afsuski, bu borada juda uzoqqa borolganimiz yo‘q”, — xulosa qildi Tillerson.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert ham Shimoliy Koreya muzokaralarni istamasligidan noligan edi.