Foto: ABC
Ma’lum bo‘lishicha, 2016-yil kuzida Avstraliya politsiyasi Childs Play sayti rahbari Benjamin Folknerning shaxsini aniqlagan, o‘shanda u 4 yoshli qizchani zo‘rlagani uchun AQShda hibsga olingan edi. Ayni paytda u umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Politsiyachilar saytni o‘z nazorati ostiga oldi va foydalanuvchilarga sezdirmasdan uning faoliyatini davom ettiraverdi. Avstraliya qonunchiligi politsiyaning bunday faoliyat bilan shug‘ullanishiga ruxsat beradi.
2017-yil sentabrida sayt yopildi. Operatsiya natijasida boshqa o‘nlab mamlakatlarda jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi, shuningdek, zo‘ravonlarni qo‘lga olib, pornografiya ishlab chiqarishga jalb etilgan bolalarni qutqarish imkonini berdi.