Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Löfven virusning jiddiy ravishda kengayib borish...
O'tgan yili Shvetsiyadagi bosh vazirning idorasida 6 ta Glock-17 avtomati va...
Eat Just asoschilaridan biri va bosh ijrochi direktori Josh Tetrik...
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining "AstraZeneca" vaktsinasi to'g'risida...
Shvetsiyadagi qamoqxonalar to'lib toshgan. Ba'zi qamoqxonalarda bandlik...
Bosh vazir Mette Frederiksen Daniyada sodir bo'lgan voqealar uchun uzr so'radi....
Evropa mamlakatlarida tez tarqaladigan qush grippi parrandachilikka tahdid sola...
Shvetsiya bo'ylab vaqti-vaqti bilan maktablarda yuzaga kelgan epidemiya tufayli...
Seshanba kuni kechqurun soat o'ndan keyin qilingan bomba xabaridan so'ng...
Shvetsiyada juma kuni e'lon qilingan so'nggi ma'lumotlardan so'ng, Xalq...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Nanalf
казино джойказино https://topgamb.xyz/...
2 декабря 2020 22:53
Dessie
Yes! Finally something about https://morris439.svschem.com/archives/1....
29 ноября 2020 07:13
Raeremi
электромеханические стабилизаторы напряжения https://msk-stabilizator.ru/cat.php?cat=electromechanical ...
26 ноября 2020 22:00
DGeF
Извиняюсь, есть предложение пойти по другому пути. ------ построить дом в сочи по проекту Вы не правы. Могу...
25 ноября 2020 06:01
Популярные новости

O‘zbek—qirg‘iz chegarasining aniqlanmagan 23 ta joyi qoldi. So‘x — bular ichida eng asosiylaridan biri

09 окт 2017, 17:08, Admin
0 комментариев    259 просмотров
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 5—6-kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaralar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

“O‘zbekiston 24” telekanali shu masala xususida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Ilhomjon Ne’matovdan intervyu oldi.

Foto: “O‘zbekiston 24”

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning mamlakatimizga tashrifi davomida 14 ta muhim hujjat bilan birga O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar bo‘yicha bitim ham imzolandi. Bu hujjat birinchi navbatda xavfsizlik va tinchlik kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, iqtisodiy va madaniy aloqlarni rivojlantirishda, chegaraga yaqin hududlarda yashovchi, o‘zaro qarindoshlik rishtalarini bog‘lagan aholi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bu — qo‘shnilar bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratiladi.

Bu chegara chiziqlarni aniqlashda yutgan yoki yutkazgan tomonlar bo‘lgani yo‘q. Buning ostida faqat ikki tomonlama manfaat yotibdi. 5-sentabr kuni Bishkekda imzolangan Bitimda chegara chizig‘i umumiy uzunligining 1 170 kilometri kiritilgan edi. Bugungi kunda aniqlanmagan chegara joylari 23 ta, ya’ni, 264 kilometrni tashkil etmoqda. Bular ichida biz uchun eng muhimlari qaysilar?

Birinchisi, Andijon suv ombori chegara chizig‘ini aniqlash va uni xaritaga kiritish. Ikkinchisi, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi chegara hududlarini aniqlab xaritaga kiritish. Uchinchisi, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida Qirg‘izistonning Barak anklavi atrofidagi chegara chiziqlarini aniqlash.

Mana shu uchta muhim masala Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ochiq muhokamaga qo‘yildi va yechim topildi. Bu masalaning yechilishi O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralari bo‘yicha davlat komissiyaning kelajakdagi ishiga juda katta yordam beradi. O‘ylaymanki, yaqin kunlarda chegaralar bo‘yicha barcha ishni tamomlab, yakuniy bitim bo‘yicha hujjatlarni tayyorlaymiz.

Ilhom Ne’matov, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив